«Navbahor» boş murabbiyi Andrey Kançelskis va uning yordamçisi Aleksey Belenkov iste'foga çiqarildi.

Namangan klubi Superligada 11-turdan keyin 8-örinni egallab turibdi. Jamoa oxirgi törtta turda durang natija qayd etgan.

«Loçinlar» öz maydonida «Metallurg» (0:0) va «Andijon» (1:1) klublariga qarşi keçgan öyinlarda durangga imzo çekiş bilan birga, Olmaliqda OKMK (1:1) bilan bölgan uçraşuvda hakam tomonidan qöşib berilgan vaqtda öz darvozalaridan töp ötkazib yuborib, tayyor ğalabani qöldan boy berişgandi.

«Bu esa joriy mavsumda öz oldiga yuksak maqsadlarni qöygan jamoaga yaraşmas, şuningdek, klub rahbariyatini ham qoniqtirmasdi, albatta», – deyiladi klub rasmiy saytida.

Kançelskis 2018 yil 7 oktyabrida Ilhom Möminjonov örniga «Navbahor» boş murabbiyi etib tayinlangan edi.

Image
Foto: "Navbahor" FK

Rossiyalik mutaxassis örnini kim egallaşi hozirça noma'lum. Namanganliklar bugun Superliga 12-turi doirasida «Buxoro»ni qabul qilişadi. Öyin soat 19:30da boşlanadi.