Qozoğistonning Turkiston viloyati hududida joylaşgan harbiy qismda portlaşlar röy berdi va yonğin kelib çiqdi.
Hodisaga bir neça snaryadlar portlab ketişi sabab bölgani aytilmoqda.
Aris şahridagi harbiy qismda davomli portlaşlar röy bergaç, mahalliy aholini evakuatsiya qiliş işlari boşlangan.
Portlaş mahalliy vaqt bilan soat 9.20larda bölgan. Turkiston viloyatida favqulodda vaziyat e'lon qilingan. Şahar aholisi evakuatsiya qilinmoqda. Birinçi partiyada 40ta avtobusda aholi şahardan olib çiqib ketilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, 6 kişi jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizilgan.

Ijtimoiy tarmoqda hodisa tasvirlari tarqalmoqda.
Videolarda portlaşdan keyin quyuq tutun osmonga örlaganini, odamlar xavfli hududni tark etişga urinayotganini köriş mumkin.
«Turkiston viloyatida favqulodda holat e'lon qilingan, barça tumanlardagi maxsus xizmatlar şay holatga keltirilgan. Atrofdagi barça aholi punktlarini va şaharni töliq evakuatsiya qilişga zarurat yuzaga kelgan», degan oblast rahbari Umirzak Şukeyev.
Ma'lumot uçun, Toşkent şahridan 180 kilometr masofada joylaşgan Aris şahrida 43 mingga yaqin kişi yaşaydi. Çimkentda 15ta evakuatsiya punkti oçilgan.
Eslatib ötamiz, 2015 yilda ham Turkistondagi harbiy qismda portlaş röy berib, bir kişi vafot etgan edi. Bu hodisa portlovçi moddalarni yöq qiliş amaliëti çoğida sodir bölgan.

















