Internetda Turkiston viloyati Aris şahridagi harbiy qismdagi öq-dori omborxonasida portlaşlar boşlangaç, bu yerdagi harbiylar hududni qanday tark etayotgani tasvirlangan video tarqaldi.

«Ayollarni olinglar! Boşini yaşir, boşini! Yuringlar!», deya baqiradi holatni s'yomka qilgan harbiy.

Keyin harbiylar katta yölga çiqib, yöldan ötayotgan maşinalarni töxtatişadi va maşinalarga ayollarni çiqarib yuborişadi.

«Olib ket! Ayolni olib ket!», deb baqiradi harbiylardan biri haydovçiga qarata.

Şundan söng harbiylar yöl böylab çopib ketişadi.

«Yugurdik! Yot, yerga yot!», deya baqiradi harbiy öq-dori omborida navbatdagi portlaşlar boşlangaç.

24 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:20da Arisdagi harbiy qismda davomli portlaşlar röy berdi va yonğin boşlandi. Hukumat atrofdagi barça aholi yaşaş punktlaridagi aholini köçirişga buyruq bergan.

Sönggi ma'lumotlarga köra, portlaşdan söng 46 kişi şifokorlarga murojaat qilgan (ulardan beşi nafari — bolalar), 34 kişi kasalxonaga yotqizilgan (ulardan birining ahvoli oğir).