Armaniston apellyatsiya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Robert Koçaryanni yana hibsga olişga hukm çiqardi, deb xabar berdi RIA Novosti.

"Apellyatsiya sudi Koçaryanga nisbatan ehtiyot çorasini özgartiriş töğrisidagi birinçi instansiya sudi qarorini bekor qildi va unga nisbatan hibsga oliş çorasini qöllaşga qaror qildi", - dedi sudya Armen Daniyelyan.

Uning sözlariga köra, Koçaryanni ozodlikka çiqariş uçun berilgan garov puli qaytariladi.

Armanistonda 2018 yil 19 fevraldagi prezident saylovlaridan keyin bir qator noroziliklar ötib, ularning iştirokçilari Serj Sargsyan yutgan saylovlarning rasmiy natijalaridan norozilik bildirişgan. Noroziliklar respublikaning birinçi prezidenti, öşanda prezident lavozimiga da'vogarlik qilgan Levon Ter-Petrosyan tomonidan taşkillaştirilgan. Namoyişçilarning huquq-tartibot idoralari bilan töqnaşuvlari davomida 8 namoyişçi va 2 politsiyaçi halok bölgan, politsiyaning 33 xodimi şifoxonaga yotqizilgan. Öşanda şifokorlarga umumiy hisobda 230 ga yaqin odam murojaat qilgan.

2018 yil 8 mayda Armanistonda hokimiyat özgargaç, öşa voqealar tergovi qayta boşlangan. Bu iş doirasida Koçaryan hibsga olingan. Bir oy ötgaç, u qamoqdan ozod etilgan, çunki apellyatsiya sudi Koçaryanning sobiq davlat rahbari sifatida immunitetiga ega ekanligini körsatgan. Biroq 2018 yilning dekabrida u yana qölga olingan. Aprel oyi oxirida Armaniston Boş prokuraturasi Koçaryan işi böyiça ayblov xulosasini tasdiqlagan; 13 may kuni iş sud tomonidan körib çiqila boşlangandi.

U may oyi örtalarida Toğli-Qoraboğ respublikasining amaldagi rahbari Baqo Saakyan va sobiq rahbari Arkadiy Gukasyanning garovi sabab ozod qilingandi. Ular Armanistonning sobiq prezidenti ozodlikka çiqişi uçun bir million dram (ikki ming dollardan köproq) garov puli bergandi.