Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan e'lon qilingan grantlar tanlovida «Paxta maydoni agrofonini şakllantiriş va klaster asosida paxta xomaşyosini maşina orqali bir terimda yiğib oliş uçun texnik vositalarning tayanç töplamini işlab çiqiş»  mega loyihasi ham ğolib. Loyiha kelgusi ikki yilda bajarilişi rejalaştirilib, unga 3,3 mlrd mablağ ajratildi.

«Loyihadan közlangan maqsad —  paxtani sifatli yetiştiriş va terib oliş. Albatta, bu jarayonni bir qança texnik vositalarsiz tasavvur qilib bölmaydi. Bundan ilgari, agrotexnika maşinalari Özbekistonga çet davlatlardan keltirilgan. Bu katta mablağni taşkil etadi. Qolaversa, har bir maşina öşa mamlakat iqlim va ekinçiligiga moslaştirilgan holda işlab çiqariladi. 

Şu bilan birga paxta terib oliş maşinasi uçun maxsus vositalar kerak böladi. Uni tozalaş, paxtani sifatli terişi uçun doim texnik vositani sozlab turiş kerak. Bu qöşimça mahsulotlar ham katta xarajatlarni taşkil qiladi. Biz yaratmoqçi bölgan maşina ulardan kamida 3, 5 barobar arzon böladi» , —  deydi loyiha rahbari örinbosari, professor Anvar Rizayev.

Loyihaga köra, bir neçta paxta terib oladigan maşinalar Özbekistonda tayyorlanadi. Buni uçun 11ta taşkilot mas'ul etib tayinlangan. 

Ma'lum qilinişiça, loyihada körsatilgan prototip maşinalar amalda sinab körilgan va yaxşi natijani qayd etgan. Endi uni keng dalalarga tatbiq qiliş masalasi körib çiqilmoqda. 

«Bugungi kunga qadar bir terişda paxtani 70 foizdan köp miqdorda maşinalar bilan teriş imkoni bölmagan. Bunga sabab, çet eldan kirib kelgan maşinalar bizni ekiş tizimimiz uçun möljallanmagan va buning natijasida paxtaning köp qismiga zarar yetgan holda terilgan» , —  deydi loyiha direktor örinbosari professor Anvar Rizayev.

Yangi işlab çiqarilişi közda tutilgan paxta teriş maşinasi ikki tipda bölib, ular paxtani qaçon va qanday yetilganligiga qarab işga tuşiriladi. Bundan taşqari paxta barglarini tökuvçi va yana bir neçta vazifalarni bajaruvçi maşinalar ham loyihaga muvofiq tayyorlanadi.

Vazirlik e'lon qilgan grantning asosiy şartlaridan biri, maşinalar bir aylanib  terganda paxtaning  94-95 foizi hosilini jamlaşdir. 

«Oldimizga qöygan oliy maqsadimiz —  paxta terimida qöl mehnatini bartaraf etiş. Bugungi kunda bir neçta mamlakatlar, jumladan, Amerika, Rossiya, Angliya va yana boşqalar maşinada teriş usuliga allaqaçon ötişgan. Biz yaratmoqçi bölgan maşinalar ham zamonaviy teriş usullarida işlaydigan kuçga ega böladi. Qolaversa, yaratilajak maşinalarni qöşni Ozarboyjon, Qozoğiston, Turkiya mamlakatlariga eksport qiliş ham közda tutilgan. Yaqin ikki yil içida paxta sanoatida katta özgarişlar bölişidan umidvormiz» , —  deydi Anvar Rizayev.