Qozoğiston janubidagi Aris şahrida joylaşgan harbiy qismda öq-dori omborida röy bergan portlaşlar keyingi kunlarda ham davom etişi mumkin. Bu haqda Turkiston viloyati rahbari Umirzoq Şukeyev ma'lum qildi.
24 iyunda 44,3 ming kişi yaşaydigan Aris yaqinidagi harbiy qismda öq-dorilar portlaşi yuz berdi. Voqea sababi va tafsilotlari aniqlaştirilmoqda. Şahar aholisi evakuatsiya qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, voqea oqibatida bir kişi halok bölgan, 70 dan köproq kişi jarohat olgan, ulardan 15 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Portlaşlar yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan.
“Kölamlar juda katta va portlaşlar bir neça kun davom etişi mumkin, xavfsizlik maqsadida aholini olib çiqişimiz lozim”, deb aytgan Şukeyev matbuot anjuman davomida.

















