Qozoğistonning Turkiston viloyati Aris şahri harbiy qismi hududidagi portlaşlar natijasida jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari mavjud emas. Bu haqda Özbekistonning Olmaota şahridagi boş konsulxonasi ma'lumotiga asoslanib Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur ma'lumot Turkiston viloyati böyiça Favqulodda vaziyatlar departamenti tomonidan tasdiqlangan.
“Vaziyat boş konsulxona nazoratiga olingan. Konsullik-huquqiy departamenti Qozoğiston hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda Özbekistonning Nur-Sulton şahridagi elçixonasiga (tel.: +7-717-295-42-52) yoki Olmaota şahridagi boş konsulxonasiga (tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilişlari mumkinligini eslatadi”, deyiladi xabarda.
24 iyunda 44,3 ming kişi yaşaydigan Aris yaqinidagi harbiy qismda öq-dorilar portlaşi yuz berdi. Voqea sababi va tafsilotlari aniqlaştirilmoqda. Şahar aholisi evakuatsiya qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, voqea oqibatida bir kişi halok bölgan, 70 dan köproq kişi jarohat olgan, ulardan 15 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Portlaşlar yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan.

















