Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 24 iyun oqşomda Turkiston viloyatiga taşrif buyurib, harbiy qismda öq-dorilar portlaşidan talofat körgan Aris şahrining evakuatsiya qilingan aholisi bilan uçraşdi va şaharni tiklaşga va'da berdi. 

“Şaharni tiklaymiz. Hammasi joyida böladi, biroz çidang. Bu favqulodda vaziyat, falokat. Hukumat pul beradi, yordam beramiz, taşvişlanmang. Ta'mirlaş ötkazamiz. Men şu maqsadda keldim”, deb aytgan Toqayev.

Arisdagi vaziyat böyiça tezkor ştab yiğilişida Qozoğiston prezidenti birinçi navbatda uy-joyini yöqotgan odamlarni joylaştiriş böyiça çoralar köriş va jabrlanuvçilarga har tomonlama yordam körsatiş vazifasini topşirgan.

Toqayev voqea joyida qutqaruv va tiklaş işlari davomida idoralararo aniq hamkorlikni yölga qöyişni va portlaşlar sababini aniqlaş uçun batafsil tergov ötkazişni buyurgan.

Qozoğiston rahbari şaharga yordam uçun maxsus jamğarma oçilişini qöşimça qilgan. Prezident fuqarolar xavfsizligi va ularning mol-mulki butligini ta'minlaş masalalarini muntazam nazorat ostida uşlaşni buyurgan. Uning ta'kidlaşiça, bolalarga yordam körsatişga alohida e'tibor qaratiş lozim. “Hozir birinçi örinda odamlar, şahar aholisi xavfsizligi bölişi lozim. Butun Qozoğiston Arisga yordam beradi, maxsus jamğarma oçiladi”, deb aytgan Toqayev.

Qozoğiston prezidenti portlaşlar sababini aniqlaş va aybdorlar qonunga köra javobgarlikka tortilişlariga erişiş lozimligini buyurgan. “Kelgusida Aris turli portlovçi qurilmalardan töliq tozalanişi lozim”, deb ta'kidlab ötgan Toqayev. 

24 iyunda 44,3 ming kişi yaşaydigan Aris yaqinidagi harbiy qismda öq-dorilar portlaşi yuz berdi. Şahar aholisi evakuatsiya qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, voqea oqibatida bir kişi halok bölgan, 70 dan köproq kişi jarohat olgan.