Davlat soliq qömitasi tarkibidagi «Yangi texnologiyalar»  ilmiy-axborot markazi direktori Hayotjon Nasrulloyev jurnalistlar uçun taşkil etilgan anjumanda iste'molçilarning huquqlarini, savdo madaniyatini oşiriş uçun amaliyotda yangiliklar joriy etilişini ma'lum qildi.

«Juda köpçilik iste'molçilar savdo şoxobçalarida xarid çeklarini olişmaydi yoki talab qilişmaydi. Bu, iste'molçilar öz huquqlarini bilmasliklarini körsatadi. Muammoning qanday yeçimi bor? Amaliyotga tatbiq etilayotgan onlayn nazorat-kassa maşinalarida (ONKM) çiqariladigan xarid çeklari orqali masalani yaxşi tomonga özgartira olamiz.

Xaridor uçun foyda şundaki, uşbu turdagi hisob maşinalarida çiqarilgan çeklar maxsus QR-kodga ega böladi va uning yordamida xaridor mahsulotning çekda körsatilgan narxini soliştirişi, plastik kartadan ortiqça mablağ yeçib olinmaganligini tekşirişi mumkin», —  deydi u.

Ta'kidlanişiça, onlayn NNM amaliyotini kengroq tarğib qiliş uçun yutuqli öyinlar taşkil qilinadi. 

«Bunda mijoz xarid çekini talab qilib, QR-kod tekşiruvidan ötkazadigan bölsa, qimmatbaho sovrinlarni yutib oliş imkoniyati ega böladi.

Qozoğiston tajribasida bundan loto mavjud, ammo bitta turdagi sovrin yutuqqa qöyiladi. Bizda esa bir neça turdagi qimmatbaho mukofotlar joriy etiladi. 

Soliq organlariga bundan qanday foyda, degan savol tuğilişi tabiiy. Sotuvçi bu tizimda faoliyat olib borsa, savdo tuşumlarini yaşirolmaydi. Savdo operatsiyalarining töliq nazorati ta'minlanadi. Öz navbatida, soliq bazasi oşadi. Bu esa davlat budjeti oşişiga hissa qöşadi», —  deya qöşimça qildi Nasrulloyev.

Ma'lum qilinişiça, 2019 yil 1 oktyabrdan yutuqli öyin jamğarmasini taşkil etiş uçun Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ğaznaçiligida şaxsiy ğazna hisobvaraği oçiladi hamda unga savdo va xizmat körsatiş, şu jumladan umumiy ovqatlaniş korxonalaridan undiriladigan soliq tölovlari (qöşilgan qiymat soliği, foyda soliği, yagona soliq tölovi) summasining 0,1 foizi yönaltirilişi taklif etilmoqda. 

Eslatib ötamiz, onlayn nazorat-kassa maşinasidan foydalaniş ayni paytda majburiy xarakterga ega bölmasa-da, 2020 yildan barça savdo va xizmat şoxobçalarida undan foydalaniş qat'iy belgilanişi mumkin.