25-28 iyun kunlari Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondonligi boşqaruv apparati hamda unga qaraşli Samarqand va Jizzax garnizonidagi harbiy qismlarda inspektorlik tekşiruvi ötkazilmoqda. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 

Xabarda aytilişiça, 25 iyun kuni tong soat 2:00 da mudofaa vazirining örinbosari – Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği rahbarligidagi inspeksiya tekşiruvida dastlab bölinmalarning jangovar şayligi körikdan ötkazildi. Jangovar trevoga signaliga asosan bölinmalar şaxsiy tarkibi belgilangan vaqt oraliğida şay holatga keltirildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 

Keyingi bosqiçda okrug boşqaruv apparati va harbiy qism şaxsiy tarkibi qariyb 200 km masofaga, ya'ni Kattaqörğon dala-öquv maydoni tomon marş yurişdi. Mazkur harakat davomida 600 ga yaqin harbiy va jangovar texnikalar qatnaşdi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 

Belgilangan masofaga yetib kelgan harbiy xizmatçilar tomonidan dala-öquv maydonida joylaşuv va niqoblaş işlari amalga oşirildi. Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari tomonidan yurt himoyaçilarining har bir harakati jiddiy sinovdan ötkazilmoqda.