Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy AQŞ prezidenti Donald Trampning ehtimoliy hujum töğrisidagi bayonoti fonida mamlakat Qurolli kuçlarini jangovar şay holatga keltirdi, deb xabar beradi Reuters agentligi.
Ali Xominaiy bunday buyruqni qaçon berganiga aniqlik kiritilmagan.
Agentlik suhbatdoşining sözlariga köra, Eron Iroq, Kuvayt, BAA, Qatar, Turkiya va Bahraynga AQŞning Eronga hujumini qöllab-quvvatlaş, jumladan, amerikalik harbiylar tomonidan uşbu mamlakatlar hududidan (havo makonidan ham) foydalaniş «duşmanlik harakati» sifatida baholanişi haqida xabar yuborgan. Eron tomonining ta’kidlaşiça, bu ular uçun «jiddiy oqibatlarni» yuzaga keltiradi.
Mart oyida AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiyga maktub yöllab, ikki oy içida yangi yadroviy bitim tuziş şartini qöygani ma’lum bölgandi. «Agar Eron muzokara qilmasa, bu juda yomon böladi. Eron yadro quroliga ega bölmasligi kerak. Boşqa variantlar ham bor», degan Amerika rahbari. Keyinroq Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon bunga javob qaytarib, AQŞ bilan yadroviy dastur böyiça töğridan töğri muzokaralarni rad etdi, ammo bilvosita aloqalar örnatiş imkoniyati borligini ma’lum qildi.
30 mart kuni Tramp NBC News’ga bergan intervyusida Vaşington va Tehron Eronning yadroviy dasturi böyiça kelişuvga erişa olmaganini aytdi.
Eronning yadroviy dasturini çeklaşni nazarda tutgan bitim 2015 yilda bir qator davlatlar – AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va Xitoy tomonidan imzolanib, BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan edi. 2018 yilda Tramp Eronning yadroviy dasturi böyiça olingan razvedka ma’lumotlariga asoslanib, AQŞni bitimdan bir tomonlama ravişda çiqargan.

















