Nurafşon şahar IIB huzuridagi Tergov bölinmasi boşliği Mirali Abdurahmonov içki işlar xodimlarining jangovar şayligini tekşiriş maqsadida ötkazilgan sinovda notöliq qismlarga ajratilgan AK-74 avtomatini yiğa olmagandi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda podpolkovnik Mirali Abdurahmonov qayta ötkazilgan sinovda öqotar qurolni 17 sekunddan sal köproq vaqt içida notöliq qismlarga ajrata olgani, 31 sekund içida uni yiğa olganini köriş mumkin.

Eslatib ötamiz, AK-74 avtomatini notöliq qismlarga ajratiş standarti quyidagiça:

  • 15 sekund – a’lo;
  • 17 sekund – yaxşi;
  • 19 sekund – qoniqarli.

Notöliq qismlarga ajratilgan AK-74 avtomatini 23 sekundda yiğiş a’lo, 25 sekundda yiğiş yaxşi, 30 sekundda yiğiş qoniqarli deya baholanadi.

Eslatib ötamiz, Toşkent viloyati IIBB boşliğining matbuot kotibi Bobur Tölaganov 10 mart kuni viloyatdagi içki işlar organlari tizimida xizmat qilayotgan barça xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligi sinovdan ötkazilayotganini tasdiqlagandi. Şuningdek, u internetda videosi tarqalib ketgan Nurafşon şahar IIB huzuridagi Tergov bölinmasi boşliği ikkinçi urinişda avtomatni yiğa olgani, bu jarayon aks etgan video borligini aytgandi.

IIBB mulozimi sinovdan ötolmagan xodimlar sinovni qaytadan topşirişi, agar yana öta olişmasa malaka oşirişga yuborilişi, heç kim sinovdan ötolmagani uçun vazifasidan çetlaştirilmasligini ham ta’kidlagandi.

Keyinçalik Toşkent viloyati IIBB tizimidagi xodimlarning 90 foizi qurolni töliq va notöliq qismlarga ajratiş, yiğiş, öq otiş böyiça sinovlardan a’lo darajada ötgani