Özbekiston Ummonning xalqaro logistika kompaniyasi ASYAD bilan birga Ummon poytaxti Maskatga höl mevalarning sinov partiyasini yetkazdi. Ayni vaqtda Ummonga samolyot bilan 200 kg ga yaqin şaftoli va qovun yetkazilgan.
25 iyunda Özbekistonning Maskatdagi elçixonasida bu loyihaga bağişlangan körgazma-taqdimot bölib ötdi. Tadbir davomida Ummon Özbekistonda yetiştirilgan höl mevalar eksporti uçun ustuvor yönalişlardan biri hisoblanişi ta'kidlab ötilgan.
Körgazmada Bahraynning Ummondagi elçisi Juma al-Kabiy, Bahrayn savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi, BAA, Qatar, Atyab foodtech, Al-Hosn, Al Hamdani group kompaniyalari hamda Ummonning bir qator yirik distribyutorlari vakillari iştirok etişgan.
ASYAD vakillari özbek meva-sabzavotlarining Fors körfaziga yetkazilişi va tarqatilişi böyiça xab taşkil etiş uçun barça zarur şaroitlarni taqdim qilişga tayyorliklarini ta'kidlab ötişgan.
BAA va Bahrayn vakillari özbek mevalarining ta'mini yuqori baholaşgan va özbek qişloq xöjaligi mahsulotlarining Ummondan öz davlatlariga reeksport qiliş istiqbollarini muhokama qilişga tayyorliklarini bildirişgan.
Tomonlar, şuningdek, özbek mahsulotlarini yetkazib berişning yangi va samarali yönalişlarini izlaş böyiça fikrlar almaşişgan.

















