Bugun ertalabdan Farğona vodiysi, aniqroği Rişton tumanidan xavotirli xabar keldi. Rişton tumanining markaziy köçasidagi çinorlar özi keng bölgan yölni «kengaytiriş bahonasida» kesilmoqda, — deb yozmoqda ekolog.uz.

«Aholi norozi, ammo bu noroziligini faqatgina uydan çiqmay bildirişmoqda. Mazkur daraxt kesilişlari qançalik qonuniy? Nahotki, obodonlaştiriş va quriliş işlarini daraxtlarni nobud qilmasdan amalga oşiriş mumkin bölmasa? Ularning örniga keyinçalik ekiladigan köçatlar 50-80 yillik çinoralardek bölganiça bir inson umri ötadi (agar örniga yana arça emas, çinor ekilsa, albatta!). Bunga tuman hokimi Tavakkal Rahimov, Farğona viloyati va tuman ekologiya qömitasi bölimlari, Ekologik partiya va Ekoharakat tuman bölimlari qanday munosabatda?», deb savol qöyadi jurnalist Nargis Qosimova.


«Farğona vodiysi bundan atigi 5 yil muqaddam daraxtlarning, azim çinorlarning köpligidan eng salqin, eng soya, bohavo hududlardan biri edi. Ammo respublikamizda şaharlarni obodonlaştiriş borasida faoliyat boşlanişi bilan birinçi galda daraxtlarga tom ma'noda qiron keldi. Şaharning binolar bilan körkiga körk qöşildiyu, ammo yaydoq çölga aylandi. Albatta, yöl çetiga ekilgan aksariyat arça köçatlari kelgusida çinorlardek soyani bermaydi. Yozda harorat kötarilişiga daraxtlarning kamayib ketişi, atmosferaning ifloslanişiga (daraxtlar kislorod çiqarib, karbonat angidridni yutişini unutmaylik!) aholining soğliği yomonlaşişiga, yurak qon-tomir, nafas yöllari kasalliklarining ortişiga olib kelmoqda. Hurmatli riştonliklar, daraxtlar kesilişiga yöl qöymang, özingiz, farzandlaringiz soğliği qisman bölsada ana şu daraxtlarga boğliqligini unutmang», deya xitob qiladi jurnalist.
















