Semizlik muammosi – hozirgi kunda har qachongidan ham dolzarb. Hatto bolalar ham ortiqcha vazndan aziyat chekishadi, axir ulardagi moddalar almashinuvi juda tez-ku! Statistika undan-da ko‘proq hayratga soladi: so‘nggi 10 yil ichida semizlik holati kuzatilgan bolalar soni 40 foizga ortdi. Semizlik amerikalik bolalarnigina xavotirga solmayapti. Rossiyada har sakkizinchi bola ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda, deydi mama-likes.ru.
Ota-onalarning vazifasi – muammoning oldini olish. Ota va onalar farzandlariga semizlik xavf solmasligi uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishlarni amalga oshirishlari lozim. Bu ishni uddalashda parhezshunos, pediatr va bolalarning oziqlanishi bo‘yicha mutaxassislarning ushbu 10 ta maslahati yordam beradi.

Muvozanatlashgan nonushta
Mittivoylarga tonggi soat 7-8 da bo‘tqa yeyish yoqmaydi. Ko‘pchilik bolalar oddiy choy va sut bilan cheklanib, nonushtadan umuman voz kechishadi. Biroq ota-onalar farzandlarini har kuni bir vaqtda to‘yimli ovqatlanishga o‘rgatishlari kerak. Nonushtada olinadigan kaloriyalar juda tez sarflanadi. Bundan tashqari, tushlik vaqtida kuchli ishtaha paydo bo‘lmaydi, bu esa ortiqcha yeb yuborishning oldini oladi.
Ko‘proq faol bo‘lish kerak
Internet o‘yinlari tabiiyki bolani uzoq vaqt davomida band qiladi, biroq unga foyda keltirmaydi. Aksincha – faqat zarar qiladi. Bugun kuni bo‘yi toza havoda o‘ynaydigan bolalarni kam uchratamiz. Mittivoylar planshetni qo‘llariga olib, yarim kun ana shunday holatda o‘tirishni afzal bilishadi. Kam harakatlilik semirish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Axir bola kaloriyalarni sarflamaydi va mushaklarini rivojlantirmaydi-da!
Gazli ichimliklarni kamroq ichish
Shirin gazli suv asosan shakardan iborat bo‘ladi, demak uglevodlarga boy. Tez-tez gazli suv ichadigan bolalar semizlik, kariyes va oshqozon buzilishlarini orttirishadi. Ichilayotgan gazli suvlar miqdorini nazorat qilish kerak, yaxshisi ularni tabiiy sharbatlarga almashtirgan ma'qul.
Ortiqcha iste'mol qilmaslik







