Indoneziyaning Papua viloyatida Mi-17 harbiy vertolyoti bilan aloqa yo‘qoldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
Vertolyot bortida 5 harbiy va ekipajning 7 a'zosi bo‘lgan, u Oksibil shahridan Jayapuraga yuk olib ketayotgan bo‘lgan.
Vertolyot mahalliy soat bilan 11:45da radarlardan yo‘qolgan, uning qayerdaligini hozircha aniqlashning iloji bo‘lmagan.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Ta'kidlanishicha, hududda umuman havo ochiq bo‘lgan, biroq ba'zi tumanlarda “ekstremal ob-havo sharoiti” qayd qilingan.











