Özbekiston Boş prokuraturasi Jizzax şahridagi «Istiqlol» bolalar istirohat boğidagi attraksionda röy bergan hodisa yuzasidan ma'lumot berdi.
«2019 yil 28 iyun kuni soat 12.30larda Jizzax şahar, «Navröz» mahallasi hududidagi «Istiqlol» bolalar istirohat boğidagi YaTT «Mamatqulov Burxon»ga qaraşli «Uçar tarelka» attraksioni aylanayotgan vaqtida attraksionning «tarelka» qismi tayanç öqiga payvandlaş çokidan uzilişi oqibatida 7 metr balandlikdan yerga qulab tuşgan bölib, 8 nafar mijozdan bir nafari, ya'ni 1999 y.t. X.M. «hayoti uçun xavfli bölgan oğir tan jarohati» olib voqea joyida vafot etgan.
«Uçar tarelka» attraksioni 2019 yil mart oyida «Istiqlol» bolalar istirohat boğiga örnatilgan bölib, YaTT «Mamatqulov Burxon» tomonidan foydalanib kelingan.
Voqea sodir bölgan joyga viloyat prokurorining birinçi örinbosari, Jizzax şahar prokurori, viloyat IIB boşliği örinbosari, şahar IIO FMB boşliği va boşqa tezkor xodimlar çiqişdi.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyat IIB huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan 28.06.2019 yilda Özbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan», deyiladi boş prokuratura ma'lumotida.
Hozirda jinoyat işi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda va viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

















