Özbekiston-Fransiya snayperlari hamkorlikdagi maşğulotlar yakunida Fransiya qurolli kuçlar vazirligining Özbekistondagi harbiy attaşesi podpolkovnik Jan-Mari Xoltsinger Özbekistonda ikki yildan buyon ötkazilayotgan “Snayper kundaligi” dasturi va mazkur sohaning istiqboli haqidagi öz fikrlari bilan örtoqlaşdi. Bu haqda harbiy jurnalist kapitan Ğayrat Madrahimov xabar berdi.


- Dunyo xaritasiga qaraydigan bölsak, Özbekiston Afğoniston bilan çegaradoş. Uşbu davlatning şimoliga töğri keladigan ayrim hududlarda terrorçi kuçlar harakatlari kuzatilyapti. Şuning uçun Özbekiston Qurolli kuçlari har doim terrorizmga qarşi kuraşişga qobiliyatli bölişi kerak, nafaqat Özbekiston uçun, balki butun dunyo uçun, – deydi harbiy attaşe podpolkovnik Jan-Mari Xoltsinger. – Özbekistonda ikki yildan buyon “Snayper kundaligi” dasturi böyiça hamkorlikda maşğulotlar olib borilmoqda. Jami 24 nafar qatnaşçidan 8 nafari uçinçi bosqiçga muvaffaqiyatli ötdi. Bu normal holat. Ular uçinçi bosqiçdan söng snayper tayyorlaş böyiça özbek armiyasining ilk yöriqçilari böladi. Yaqin kelajakda snayperlar sohasida Özbekiston butunlay mustaqil böladi. Mazkur maşğulotni taşkil etiş böyiça xorij legionlarida, jangovar harakatlarda qatnaşgan ilğor mutaxassislarni jalb qilganmiz. Biz boşqa mutaxassislik böyiça ham Mudofaa vazirligi bilan harbiy hamkorlik qilişni maqsad qilganmiz. Men yana bir bora xorij legion vakillariga taşakkur bildirmoqçiman.


Uşbu hamkorlikdagi maşğulotlarda yangilik sifatida ikki kişilik snayper guruhlar (hozirga qadar özbek armiyasida bir snayper harakatini kuzatiş mumkin) harakati, köriş yomon bölgan şaroitda avtomobil, bino ortidan hujumga ötiş, hattoki obektga yaqinlaşib, yaqin masofadan töpponçadan otiş maşqlarini bajariş kabi amallarni kuzatiş mumkin.
Bundan taşqari, otilgan öqqa ta'sir etuvçi şamol, havo harorati, porox zaryadining ziçligi va nişongaça bölgan masofani aniqlaş kabi masalalar yangi formulalar asosida (odatda bizda eskiça formulalar mavjud) hisoblandi.




















