«Potemkin qişloqlari»: Namunali uylar masalasi nega muammo bölib qolmoqda?
|14:00 / 30.06.201932 48618 min
Namunali uylarning talabga javob bermasligi haqidagi tanqidiy maqolalar kunda-kun ora matbuot yuzini köryapti. «Jamiyat» gazetasida Karim Bahriyevning namunali uylar islohotining özini oqlamayotganiga qanday omillar sabab bölayotgani yoritilgan maqolasi e'lon qilindi. Quyida maqola havola etiladi.
Davlat va hukumat rahbarlari kam ta'minlangan aholi uçun, yoşlar uçun namunali uylar quramiz, deganda köplar xursand böldi, umidlandi, içda xursand bölib yurişdi. Lekin bu sohada qator kamçiliklar böldi va bölyapti. Bu haqda matbuot deyarli har kuni bong urmoqda. Ularning sarlavhalariga qarang: «Namunali uylarning «namunali» muammolari», «Navoiyda namunaviy uylarning naq elliktasi yaroqsiz ekani kunday ravşan bölib qoldi...», «Toşkentdagi yangi uyning muammolari qaçon hal etiladi?», «Samarqand aholisi namunali uylar sifatidan şikoyat qilmoqda», «Namunali uylarning ayançli ahvoli» va hokazo. Bu sarlavhalarni töqimadik, mazkur maqola va feletonlarni bemalol öqişingiz mumkin: sarlavhani izlovçi saytlarga qöyib, topişni buyursangiz Internet topib beradi. Ularni takrorlamoqçi emasmiz.
Nega bunday bölayotgani haqida mulohaza yuritamiz. Nima qiliş kerakligi haqida fikr yuritamiz. Oldindan aytaman – bugungi har qanday muammoning ildizi mamlakatda tizimiy islohotlarni talab qiladi.
Suv soyga oqar
Xalqimizda: «Boy – boyga boqar, suv – soyda oqar», degan hikmat bor. Tasavvur qiling, siz rayon (tuman - tahr.) hokimisiz. Hukumat har tumanda namunali uylar qurilsin, deb qaror çiqaradi va ijroçi mas'uliyati hududingizda sizga yuklangan.
Yaşirib nima qildik: bu dunyoda har bir işning tagi sarmoyaga, pulga borib qadaladi. Davlat bankka ularni qisman kreditlaşni, moliyalaştirişni topşirgan, lekin bankning puli ham çeksiz emas, har kuni bir qaror çiqariladi – yoş oilalarga kredit, kiçik tadbirkorlarga kredit, tovuq boqişga kredit, oilaviy pudratga kredit, ijodkorlarga uy ajratişga kredit, kam protsentga kredit, foizsiz kredit... Qolaversa, kredit bu – qarz va u öz muddatida qaytarilişi kerak. Banklarga berilgan kreditlarni qaytarmagani uçun ham jazo bor.
Hokim qarasa, boylarning puli bor, lekin uyi yetarli, kambağalning uy orzusi bor, lekin puli yöq. Tumanda u hatto boşlanğiç pulini ham qarindoşidan qarz olmay yo rözğorni boqib turgan mol-holini sotmay, tölolmaydi.
Hokim tumandagi badavlatlarning röyxatini oladi va har biring bittadan namunali uy olasan, deydi.
Mavzuga oid
(Bu ham bizning «öziga xosligimiz» – biznesni homiylikka zörlaş. Navrözga pul ötkaz, köçani asfalt qilib ber, maktabni ta'mirlab ber va hokazo).
Özim şaxsan bilaman, bir sinfdoşimning ukasi, odamlardagi plandan oşgan tamakini, mayizni sotib boy bölgan yigit, Şerali Jörayevni olib kelib töylar qilgan, hatto nabirasiga ham oldindan ikki qavatli uy solib qöygan biznesmenni ikkita namunali uy olişga majburlaşgan va u olgan. Bir kuni qarasam, şoşilib ketyapti: «Komissiya kelayotgan ekan, namunali uylarning oldiga gul va köçat ekiş kerak ekan, yana bir-ikki million xarajat, komissiya ketsa, suv yöq, gul ham quriydi... Şu uy ham boşga balo böldi», - dedi.
Qarorda yoş oilalarga degan-ku?! Boşqa bir biznesmenga kambağalroq, yoşroq jiyaningning hujjatlarini olib kel, unga rasmiylaştirib qöyamiz, uy baribir seniki-ku, deyişibdi. Heç yerda işlaşni istamaydigan, piyonista bir uzoq qarindoşiga rasmiylaştirgan ekan. Komissiya kelganda kiyintirib, öşa jiyanni yoş xotini va bitta bolasi bilan kirgizib körsatişgan ekan. Bir kuni jiyan: «Uy mening nomimda, çiqmayman», - deb turib olibdi. «Toğa» oxiri mast jiyani bilan muştlaşgan, kreditni tölaş ham töxtagan, çunki jiyan pul topmaydi. Bank uyni qaytarib oliş uçun sudga bergan. Yodingizdadir, jahon iqtisodiyotining oxirgi inqirozi aynan Amerikadagi ipoteka kreditlari tufayli yuzaga kelgandi.
Şunday qilib, bu uylarning ilk muammosi egalik masalasidir. Uylar egasini topişi gumon edi. Haqiqiy uyga muhtojlarda sarmoya yöq va bölişi dargumondir.
Qöynidan tökilsa, qönjiga...
Ikkinçi jihat – nepotizm va korrupsiya, ya'ni taniş-bilişçilik va tamagirlik. Yaxşi hokimlarimiz ham, halol amaldorlarimiz ham bor. Ayrimlarini uzoqdan bir-ikki körganman. Lekin tipik mansabdorimiz öz qarindoşlari va homiylari, ya'ni «çöntaklari» manfaatini deydi va hukumatning har qanday ezgu qaroridan özinikilarga biror manfaat çiqara oladi.
Deylik, hukumat «fermerlar yerlarini optimallaştiriş» desa, u qaysar, töğrisöz, halol fermerning yerlarini tortib olib, qarindoşinikiga qöşib beradi. Hukumat «kredit ajratilsin, har oila 100 donadan tovuq boqsin» desa, darhol tepaga: «kreditni uning öziga bersak, boşqa narsaga işlatib yuboradi, katakni ham özimiz qurib beramiz, tovuqni ham naturada beramiz», - deb köndiradi. Keyin qarindoşiga ötkazdiradi bankdan millionlarni va bu «firma» kataklarni sifatsiz materialdan quradi va tovuqlarning ozğin va qarilarini arzonga olib, tarqatadi, lekin tovuq katakni «saroy» deb, tovuqlarni «golland tovuqlari» deb rasmiylaştiradi hamda otni kallasidek pulni «spisat» qiladi.
Kreditni esa tovuqboqarlikni orzu qilgan xalq şaxsan tölaşi kerak. Uning özi tovuq olsa, yaxşisini olardi, katak qursa, sifatli qurardi. Bu sohadan ozgina xabari bor odam biladi: tovuq tuxumga kirgaç, boliğlik davrida bir-ikki yil tuxum qiladi, keyin qilmaydi. Tovuqning oyoği tagi quruq bölmasa, tuxum qilmaydi. U turli kasalliklardan vaqtida emlanişi kerak. Unga muayyan ozuqa berilişi kerak. Işlab çiqariş masştabida bu hamma qiladigan iş emas. Özi «natura»da berilgan, puşti ado bölgan tovuqlar tezda öldi. Kredit elning böynida qoldi. Şu tariqa har bir yuqoridan kelgan ezgu taşabbus nepotizm «elagi»ga tuşadi.
Mavzumizga daxldor yeri şundaki, namunali uylarni quradigan firmalar, taşkilotlar bu «yoğli buyurtma» uçun sarf-xarajat qiladilar, bankdan olingan pullardan «otkat» çiqarişlari kerak, «tepa»ga uzata turib, «özim nega qarab turişim kerak» degan qaroqçilik mantiğidan töğri körinadigan yölga ötadilar, ya'ni özlarini ham unutmaydilar. Natijada ikki ğişt devorning örniga ─ bir ğişt yupqa devor qöyiladi, lekin uç ğişt deb hujjatlaştiriladi, ikki qatlam böyoq surilmay, bir qatlam suriladi va tört qatlam surildi, deb rasmiylaştiriladi, tunukasining millimetridan urib qolinadi va hokazo. Malakali quruvçilarni emas, bozordagi har xil işni qilib yurgan malakasiz işçilarni olib kelib, işlatadi, lekin qoğozda haqni «Özbekistonda xizmat körsatgan quruvçi» yo me'morning stavkasida yozib qöyadi.
Qimmat behikmat bölmas, arzon beillat bölmas...
Natijada biz söz yuritgan korrupsiya uçinçi muammoni – uylarning sifatsizligini keltirib çiqaradi. Bugungi hammamiz uy olganlardan eşitayotgan, matbuotda yozilayotgan muammolarning ildizlari şu yerdadir. Mana, mötabar axborot agentligi xabarining sarlavhasi: «Mirziyoyev uylar qurilişida kamçiliklarga yöl qöygan rahbarlarga hayfsan e'lon qildi».
OAVdan iqtibos: «Hali ham odamlarimizning boşidan suv ögirib içsa arziydi. Nönoq, öz işining ustasi bölmagan quruvçi barpo etgan uyni körib, dili oğrisa-da, köpçilik ğing degani yöq. Aslida «Qişloq quriliş bank» moliyalaştirib beradi. «Qişloq quriliş invest» injiniring kompaniyasi esa pudratçi quriliş taşkilotlarini yollab, uy-joy qurilişiga jalb etadi. Uy bitganidan keyin tezda egasiga topşirilişi lozim. Maşmaşaning kattasi ana şundan keyin boşlanadi. Aniqroq aytsak, quruvçilar uy-joy sohibinikiga qölini oyoğiga olib, bözçining mokisidek yugurib qoladi. Ularning maqsadi — qanday bölmasin, uy egasiga «Hammasi joyida, uy-joyni qabul qilib oldik» , deya imzo çektirib oliş. Bu işga usta bölib ketişgan. Qolgani heç kimni umuman qiziqtirmaydi».
Hukumat qarorlar qabul qiladi. 2018 yil 1 iyulidan 31 dekabriga qadar imtiyozli ipoteka krediti uç yildan iborat imtiyozli davr bilan ajratilişi belgilangan bölsa, 2019 yil 1 yanvardan boşlab uşbu imtiyozli ipoteka kreditining (imtiyozli) davri ikki yildan iborat bölişi belgilandi. Kreditni qaytariş muddati ön beş yildan yigirma yilgaça çözildi. 2019 yilda mamlakatimiz qişloq hududlarida yana 15 mingdan ortiq uy-joy quriladi. Uning 10 mingdan ziyodi uy-joyga muhtojlarga, 600tasi yoşlarga, 1050tasi harbiylarga ajratiladi. Lekin bularning bari yangi islohotlarning taqdiri, izçilligi bilan boğliqdir.
Ma'lumotlarga köra, qişloq hududlarida uy-joy barpo etiş uçun şu kunga qadar banklar beş trillion söm miqdorida mablağ ajratgan. Özbekiston Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi «Qişloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uçun arzon uy-joylar qurişni kengaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga köra, joriy yildan boşlab respublikamiz qişloq hududlarida namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurilişi «Obod qişloq» dasturi bilan uyğun tarzda olib boriladi.
Biroq real hayotda kambağallar uçun qurilayotgan uylarda quriliş işlari haligaça ölda-jölda qolib ketmoqda. Bitiş muddatidan taşqari, xalq bu uylarning sifatidan xavotirdadir. Mana, Past Darğom tumanidan bir uy talabgorining fikri:
— Özimiz ertaga yaşaydigan uyning quriliş jarayonlarini kuzatar ekanmiz, devordagi ğiştlarning butunidan köra, singan, darz ketganlari köp ekani hayron qoldirdi bizni. Eng yomoni, ayrim devorlar qiyşiq ekani hozirdan közga taşlanib qolgan. Fişt teriş tartib-qoidalariga umuman rioya qilinmagan. Devorlar burçaklari orasida bir neça santimetrli oçiq joylar qolgan. Bu joylar sement qorişmasi bilan töldirilişi kerak emasmi? Tağin deng, sement qorişmasining özi, qölga olsangiz, uvalanib ketadi. Erta bir kun kuçsizgina yer qimirlaşi ham bu devorlarni yiqitib yuborişidan qörqyapmiz... Qoidaga köra, terilayotgan ğiştlar orasiga metall simlar qöyilişi kerak. Ammo bunday simlarni har joyda bir dona uçratasiz, xolos. Quruvçilar «biz materialning borini işlatamiz-da» desa, quriliş korxonasining iş yurituvçisi «quruvçilarning esidan çiqqandir» deydi. Xullas, bizning uylar qurilişida oçiq-oydin mas'uliyatsizlikka yöl qöyilmoqda. Qurilişdagi mas'uliyatsizlik va sustkaşlikdan norozilar soni ortib bormoqda.
Bir yilda namunali uylarni sifatsiz qurgan 17ta pudrat taşkilotining işi sudga oşirilgan. Arzon va qulay bölgan köp qavatli uy-joylar qurilişida bir qator jiddiy kamçiliklar, jumladan, quriliş qoidalari buzilişi, quriliş-montaj işlari sifatsizligi, loyihalardan çetga çiqiş aniqlangan.
Közböyamaçilikdan sözböyamaçilikka...
Bu holatning korrupsiya va mas'uliyatsizlik barobarida yuzaga kelayotgan yana bir ildizi közböyamaçilikdir. Xalqaro siyosiy adabiyotda «Potemkin qişloqlari» degan ibora bor. Bu ibora Yekaterina Ikkinçi davrida davlat rahbarining közini quvontiriş uçun knyaz Potemkin podşo ötadigan yöllarda tezda barpo qilgan «obod qişloqlar» edi. Yekaterina Ikkinçi keçda dam olişga yotganda ortdagi «obod qişloq» tezda köçirilib, podşo ötadigan yangi marşrutda tiklab qöyilardi. Izvoş tuynugidan u xuşçaqçaq odamlarni, samovarlarda qaynayotgan çoylarni, balalayka çalib, raqs tuşayotgan xonimlarni, dalalarda toza kiyimlarda «işlayotgan» dehqonlarni körib quvonardi.
Toşkentdan Böstonliqqa tomon borsangiz – Böstonliq gözal tabiatli, dam oladigan, xorijiy mehmonlar tez-tez boradigan joy – yöl çetida qurilgan «namunali uylar»ga közingiz tuşadi. Qişloq aslida huv olisda, odatda çaşmalar, soylar atrofida dunyoga keladi, çunki suv – hayot manbai. Lekin namunali uylar hamma viloyatlarda şovqinli katta trassalar atrofida qurilgan, çunki bu yerdan rahbarlar va mehmonlar ötadi. Garçand bu yerga gaz va suv olib keliş muammo, garçand yerosti suvlari yaqinligi uçun devorlar yarmigaça şörlaydi, garçand kanalizatsiya ötkazilişi uçun şaroit yöq, çunki bu uylar daryo sathidan pastlikda qurilgan. Faqat çet elliklarning olisdan közi tuşsa böldi!
Odatda uy quriş uçun yer tanlaşning tarixiy an'analari va ulkan ilmi bor. Hatto qadimiy hindular turli yerlarga daraxt ekib, qay yerda nihol yaxşi unsa, öşa yerda imorat solganlar. Uy yoki namunali kvartal qurganda seysmik, geodezik tadqiqotlar ötkazib tanlanişi kerak, kattalar ötadigan yöldan körinib turişi şart emas.
Söngsöz
Biz bu borada söz aytgan birinçi odam emasmiz va sönggisi ham bölib qolmaymiz. Lekin millatimiz va xalqimiz taqdiri boğliq bölgan bugungi islohotlar izçilligi hammamizning taqdirimizda va bolalarimizning istiqbolida aks etadi.
Jamiyatdagi qator muammolarning, şu jumladan, kam ta'minlangan qatlam uçun quriladigan uylarga daxldor muammolarning kelib çiqiş sabablari – iqtisodiyotga, qonunçilikka, ma'naviyatga borib qadaladi. Ularning yeçimi ötkazilişi va'da qilinayotgan ma'muriy, moliyaviy, sud-huquq, soliq, mulk sohalari islohotiga, monopoliyadan voz keçiş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş sur'atiga, fuqarolik jamiyati şakllanişi va söz erkinligiga boğliqdir. Sobiq ma'muriy-buyruqbozlik tizimi asoratlari töla barham topmas ekan, har qaday taşabbus samarasiz qolaveradi. Adolat — şohlikning mezoni, deb uqtirgan Navoiy. Jamiyat farovon, mulki obod bölişi sirini Navoiy allaqaçon aytganlar:
«Şahikim, anga adl bunyod ölur, Natija bukim — mulki obod ölur. Qayu şahki, yöq adl ila dod anda, Ulus birla mulk ölmas obod anda».
Namunali uy singari har qanday ezgu orzuni çippakka çiqaradigan narsa «adl»ga, ya'ni adolatga xiyonatdir. Bu uylarni çala-çulpa, omonat qurdirgan va qurayotganlar malakasiz ekani uçun emas, oçköz, öğri ekani uçun şunday bölmoqda. Bunga qarşi kuraş – korrupsiyaga qarşi kuraşdir. Bu esa – jamoat nazorati va söz erkinligi bilangina böladi.
Ikkinçi bir fikr. Mamlakatda mavjud tizimning demokratlaşuvi jarayonida ijtimoiylikka e'tibor berişdir. Ijtimoiylik, ya'ni sotsializm ğoyasini şörolar tuzumi badnom qildi, çunki unda real tenglik bölmadi. Ammo bugun Şvetsiyada, Finlyandiyada va qator Skandinaviya davlatlarida amalda sotsializmdir, ya'ni boylar boyişi uçun imkon yaratilgani holda, aholining aksariyat qismi kambağallaşmagan. Sotsializmdan söng biz qanday tuzumga ötdik? Kapitalizmgami? Feodalizmgami? Avtoritarizmgami?
Mana, boylar uçun «siti»lar qurilmoqda. Ularda sifat ham bor, haşamat ham bor, joylaşgan yerlari ham markazda va gözal tumanlardadir. Mabodo biror oddiy insonga bu yuz millionlab turadigan uy sovğa qilinsa ham, uning yillik soliği va kommunal tölovlarini tölay olmaydi. Sotib, çetroqqa, arzonroq tumanga jönavoradi. Jamiyatda segretsiya, tabaqalaşuv çuqurlaşmoqda. Mabodo oligarxiya kapitalizmi yölini tanlagan ekanmiz, aholining quyi tabaqasini çuqur himoya qiladigan tizim yaratişimiz kerak. Aks holda, ijtimoiy böhronlar domida qolamiz.