Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 22 noyabr kuni qişloqlar va şaharlarda aholini uy-joy bilan ta'minlaşning yangi tizimini joriy etiş böyiça amalga oşiriladigan çora-tadbirlar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda qişloqlarda ham uy-joy qurilişi tizimini isloh qiliş, buyurtmaçi funksiyasini «Qişloq quriliş invest» injiniring kompaniyasidan bosqiçma-bosqiç xususiy sektorga ötkaziş masalalari muhokama qilindi.
Endi qişloqlarda uy-joylar yöl böylarida bir qator qilib emas, şahar va tuman markazlariga tutaş hududlarda mavzelar şaklida qurilişi ta'kidlandi. Buning natijasida kelgusida tumanlarni yirik aglomeratsiyaga aylantiriş mumkin. Bu esa infratuzilma xarajatini kamaytiradi, aholining iqtisodiy faolligini oşiradi, yerlardan samarali foydalaniş imkonini beradi.
Videoselektor yiğilişida bunday mavzelarga yer va kreditlar ajratiş, infratuzilma tarmoqlariga ulaş, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaş borasida joylardagi rahbarlarga batafsil tuşuntiriş berildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev uy-joy sotib oliş uçun boşlanğiç badal va ipoteka krediti foizini qisman qoplaş masalasida taniş-bilişçilik va boşqa suiiste'molçilik holatlariga barham beriş kerakligini aytdi. Budjetdan ajratiladigan subsidiyalar aynan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga yetib borişini sözsiz ta'minlaş lozim.

Subsidiya uçun kelgusi yil budjetidan 1 trillion sömga yaqin mablağ ajratiladi va umuman olganda 16 mingta oilaning şahar va qişloqlarda uy-joylar sotib olişini qöllab-quvvatlaşga yönaltiriladi.
Aholi subsidiya oliş uçun talaygina hujjatlar töplab, qator idoralarda sarson bölib yuriş hollariga çek qöyiladi. Endi arizalar Iqtisodiyot va sanoat vazirligining hududiy boşqarmalarida taşkil etilgan doimiy komissiyalarda körib çiqiladi va kam ta'minlangan oilalarning manzilli röyxati şakllantiriladi.
Uşbu komissiyalar tarkibida bank, moliya, soliq, mehnat, mahalla va boşqa idoralar vakillari böladi. Bundan taşqari, komissiya yiğilişida istagan fuqaro iştirok etib, öz fikrini bildirişi mumkin böladi. Qolaversa, subsidiya beriş masalasi keng jamoatçilik bilan muhokama qilinişi lozim böladi.
Har bir viloyat hokimligi 2020 yilda uy-joy sotib oliş uçun kam ta'minlangan oilalarni aniqlaş, ularga navbat bilan subsidiya tölaş tartibi va mezonlarini işlab çiqib, öz hududlarida ijobiy tajriba joriy etişlari zarurligi ta'kidlandi.

















