Kun.uz mazkur tumanning Ravot mahallasidagi isitiş muammosini yanvar oyida yoritib, mutasaddilar e'tiboriga havola etgandi. Ammo beparvolik illati oradan 10 oy ötib ham bu muammo öz holiça taşlab qöyilganiga sabab bölgan körinadi. Bugun izğirindan joni hiqildoğiga kelgan şahrisabzliklar yana tahririyatga murojaat qildi.

Gap şundaki, 521ta xöjalik istiqomat qilayotgan namunaviy uylarning isitiş tizimi tabiiy gazga moslaşgan. Ammo tabiiy gaz bu hududda yöq. Tabiiy gazga moslaşgan individual qozonxonalarda aholi qişning sovuq kunlarida ötin ham, kömir ham yoqib körişgan, ammo foydasiz. Hatto ayrimlar suyultirilgan gaz balloni ham ulab körgan...

Yil boşida «Modomiki tabiiy gaz berilmas ekan, boşqa turdagi yoqilği bilan işlamas ekan, heç narsaga yaramaydigan bunday qozonxonalar örnatib (ehtimol, «ötkazib»), uylar narxini oşiriş kimga kerak edi?» degan savol qöyilgandi. Uning javobsiz qolgani mayli-ku, bu mantiqsizlik jabrini aholi çekayotganiga açinadi odam.

Ravotliklarning bugungi murojaatida isitiş tizimi işlamayotgani yetmaganidek, elektr ta'minoti ham sönggi kunlarda abgor ekani aytilmoqda.

«Uylarimizni elektr bilan isitişga majbur edik, mana endi bundan ham mosuvomiz», deydi Ravot mahallasi yaşovçilari.

Modomiki, yangi uylardagi qozonxonalar işlamas, aholi elektr isitkiçlarga murojaat qilayotgan ekan, fikrimizça, yaroqsiz qozonxona örnatgan quruvçilarga baho beriş, heç bölmaganda işlaydigan qozonxonalar örnattiriş kerak. Ammo bu işni qildira oladigan taşkilot ön oyki Qaşqadaryoda topilmayapti.