Xarid komissiyalarining faoliyatini taşkil etiş va eng yaxşi takliflarni tanlaş tartibi töğrisidagi nizom loyihasi muhokama uçun joylaştirilgan, deb yozmoqda Norma.
 
Komissiyalarni taşkil etiş va takliflarni tanlaş tartibi «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun, Prezidentning 10.01.2019 yildagi PF–5624-son farmoni va Prezidentning 27.09.2018 yildagi PQ–3953-son qarori qoidalaridan kelib çiqqan holda işlab çiqilgan. Prezidentning 22.01.2018 yildagi PQ–3487-son qarorida röyxati belgilangan strategik xaridorlar uçun hujjat tavsiya tusiga ega böladi.
 
Eng yaxşi takliflarni tanlaş – xarid qiliş tartib-taomillarining raqobatli turi bölib, quyidagi davlat xaridlarida qöllaniladi:

• davlat tomonidan himoya qilinişi lozim bölgan şaxslarning xavfsizligini ta'minlaş, Özbekiston mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni ta'minlaş va içki tartibni saqlaş uçun, şuningdek davlat sirlari bilan boğliq bölgan hollarda;
• respublika prezidenti sayloviga, Oliy Majlis, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlari sayloviga, şuningdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bilan kelişilgan holda tasdiqlanadigan röyxatlar böyiça referendumlarga tayyorgarlik köriş hamda ularni ötkaziş uçun.
 
Tanlaş bilan bir qatorda, qonunçilikka muvofiq boşlanğiç narxni pasaytiriş uçun ötkaziladigan elektron auksion yoki elektron dökon orqali tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) sotib oliş mumkin.
 
25 EKIHdan oşmaydigan miqdorda, şuningdek qonunçilikka muvofiq yagona yetkazib beruvçilar reyestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvçidan xarid qiliş töğridan-töğri şartnoma tuziş yöli bilan amalga oşirilişi mumkin. 25 EKIHdan ortiq miqdorda xarid qilişda xarid qiliş tartibi tanlaş yöli bilan amalga oşiriladi, u oçiq yoki yopiq şaklda bölişi mumkin. Hukumat tomonidan belgilangan hollarda, agar xaridlar töğrisidagi şartnoma davlat sirini taşkil etuvçi obektga, şuningdek, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligini ta'minlaş uçun strategik ahamiyatga ega bölgan obektga nisbatan tuzilgan bölsa, tanlaş yopiq şaklda amalga oşiriladi.
 
Loyihada xarid komissiyasi (kamida 5 kişidan iborat) faoliyatini taşkil etiş, tanlaşda qatnaşiş uçun iştirokçilarga ruxsat berişning asosiy jihatlari (Insofsiz ijroçilarning yagona reyestriga kiritilmagan talabgorlarga tanlaşda iştirok etişlariga yöl qöyiladi) aks ettirilgan.