1 iyul kunidan Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida eşitiş va nutqida muammosi bölgan şaxslarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş dispetçerlik xizmati öz faoliyatini boşladi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar qilmoqda.

Mazkur xizmat Özbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yilning 19 mart kunidagi “Eşitiş va nutqida muammosi bölgan şaxslarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori asosida taşkil etildi. 

Yangi taşkil etilgan xizmatga professional surdotarjimonlar işga qabul qilingan. Agarda eşitiş va nutqida muammosi bölgan şaxslar köngilsiz holat yoki qiyin vaziyatga tuşib qolib, yordamga muhtoj bölsalar Favqulodda vaziyatlar vazirligida barça zaruriy aloqa vositalari bilan jihozlangan dispetçerlik xizmatiga murojaat qilişlari mumkin.

Dispetçerlik xizmatining asosiy vazifasi etib, eşitiş va nutqida muammosi bölgan şaxslar, şuningdek, ularning vakillari tomonidan texnik vositalar (video qönğiroqlar, matnli xabarlar, maxsus dasturiy ta'minotdan foydalangan holda qönğiroqlar va boşqalar) orqali böladigan murojaatlarga şoşilinç tezkor xizmatlarning (101, 102, 103, 104, 1050) keça-yu kunduz, javob berişlarini muvofiqlaştirgan holda ta'minlaş belgilangan.

Videoaloqaga çiqiş Jus Talk (+998) 93 – 501-50-54, (+998) 93 – 501-50-58

Telegram orqali aloqaga çiqiş (+998) 93 – 501-50-54, (+998) 93 – 501-50-58

Telefon raqami (+998) 71 – 212-66-00
Elektron manzil [email protected]