Rasmiy manbalar orqali valutafuruşlarga qarşi jiddiy kuraş olib borilayotgani haqida köp bora aytilmoqda. Valutaning noqonuniy oldi-berdisi bilan şuğullangani aytilayotgan bu kimsalar, aslida, hammasi ham valutafuruşlarmi? Sarvar Otaboyev ana şu iddaolarni inkor etadi. Uning aytişiça, noma'lum qiz bilan tanişib qolganligi salbiy oqibatlarga sabab bölgan.

«Soat 23lar çamasi «Odnoklassniki» saytida tanişib, 3-4 kun gaplaşib yurdik. Telefondagi suhbatlarimiz orqali ança yaqin bölib qolganimizdan söng, bir kuni u Toşkentga kelganini aytdi. Opasi Feruza ismli ayolning Toşkentdan 50 ming dollar atrofidagi narxda uy sotib olişi tufayli mendan 87 million söm pulini 10 ming dollar qilib berişimni iltimos qildi», — deya voqealarni hikoya qilib berdi Sarvar.

Uning ta'kidlaşiça, şaxsiy yozişmalar orqali ança yaqin bölib qolgan qiz bilan munosabatlari çuqurlaşgan sari, uning valuta böyiça iltimosini ham bajo keltirmoqçi bölgan. Sarvar bankka murojaat qiliş taklifini bildirgan, qiz esa naqd xorijiy valuta zarurligini aytadi.

«Uyda dadamning maşina uçun töplagan pullari borligini bilardim. Keyin u qizga telefon qilib, pul borligini aytdim», — deydi yigit.

Otaboyevning ta'kidlaşiça, qiz pulni birdan olmay, turli vajlar bilan uçraşuvni qoldiravergan, söngra ular Nurafşon şahrida körişişga kelişib olişadi.

Video: Youtube

 Video: Mover (tas-ix)

Ijtimoiy tarmoqqa yuklangan suratlaridan farqli ayolga duç kelganini aytgan Sarvar pulni beriş çoğida prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan uyuştirilgan tadbir nişoni bölganini anglagan.

«Pulning egasini söraşganda «meniki», deb javob bersam, «Sen qamalasan, tamom», deb tahdid qilişdi», — deydi u.