Hatto tuxum va baliq yog‘i ham zarar keltirishi mumkin, deya ta’kidlamoqda Layfxaker. Agar homilador bo‘lsangiz, qahva miqdorini kamaytirish, alkogolni esa umuman istisno qilish kerakligini hamma biladi.

Biroq undan ham ayyor oziq-ovqat mahsulotlari mavjud. Bir qarashda ular aybsiz va hatto foydali bo‘lib ko‘rinadi. Aslida esa kuniga uch marta espresso ichishga qaraganda ona yoki bo‘lajak bolakayga kuchliroq zarar keltirishi mumkin.

Homiladorlik vaqtida voz kechish kerak bo‘lgan mashhur mahsulotlar ro‘yxati quyidagilardan iborat. Hech bo‘lmaganda ularni iste’mol qilishdan avval ikki marta o‘ylab ko‘rish kerak.

Foto: Pixabay

1. Xom tuxumlar

Shuningdek, tarkibida tuxum mavjud bo‘lgan mahsulotlar: gogol-mogol, uyda tayyorlangan mayonez, xom xamir, pashot-tuxumlari, tiramisu.

Xavf nimadan iborat?

Birgina so‘zning o‘zi kifoya: salmonellyoz. Bu o‘tkir ichak infeksiyasi, o‘limga sabab bo‘lmaydi, biroq kuchli diareya va qayt qilish bilan kechadi. Ular esa suvsizlikni keltirib chiqaradi. Bu holat esa yomon: homilada normal qon aylanishi va bachadondagi amniotik namlik darajasiga bog‘liq. Suv yetishmasligi bo‘lajak bola rivojlanishidagi buzilishlar, shuningdek, bola tushish xavfiga aylanishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Agar tuxumdan voz kechishga kuchingiz yetmasa, ular yaxshilab yuvilgan va termik qayta ishlangan bo‘lishiga e’tibor bering. Yaxshilab qaynatilgan tuxum, omlet, pishiriqlar xavfsiz.

2. Xom go‘sht

Shuningdek, steyk, xom dudlangan kolbasalar, yaxshilab qovurilmagan qiyma.

Xavf nimada?

Xom go‘sht parazitlar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Masalan, toksoplazmalar bilan. Ular yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tib, bo‘lajak bolaning rivojlanishida jiddiy buzilishlarni chaqirishi mumkin.

Nima qilish kerak?