Ötgan hafta Farğona viloyati, Rişton tumani markazidagi 50-80 yillik zabardast çinorlar kesilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Katta yölni kengaytiriş maqsadida deya yöq qilinayotgan daraxtlarni kesilişiga aholi qanday norozilik bildirişni bilmadi. Söng, jurnalistlar yordamga kelib, çinorlarni kesilişini qonuniy yoki noqonuniy ekanligini aniqlaşga harakat qilişdi.

Asli vodiy şaharlari qadimdan serdaraxt va soya-salqinligi bilan maşhur. Biroq keyingi yillarda viloyatlar va tuman markazlaridagi çinorlar ayovsiz kesilayotgani ğoyat açinarli holat.

Rişton xalqi hunarmand va ijodkor ekanligini juda yaxşi bilamiz.

Keça uyi buzilayotgan lekin, ayni paytda köçib borgani joyi yöq bölgan oilaning hokimiyat vakillari keçasi kelib buzib yubormasligi uçun öz uyi devoriga, “Bu yerda odam yaşaydi”, deya bitik yozgani haqida maqola bergan edik.

 Riştonliklar çinorlarni ayovsiz kesilganidan yurak oldirib, yetti yuz yildan ziyod yaşab kelayotgan tut daraxtlarni asrab qoliş uçun ularning tanasiga “Qöqon kandagi”. 1340 yilda ekilgan. Daraxt tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasida”, degan e'lonlarni ilib qöyişmoqda. 

Öylaymizki, 750 yillik daraxtlar tarixiy meros sifatida kesilmay qoladi. Aholi mazkur e'lonlar hokimiyat mutasaddilariga öz ta'sirini ötkazadi, degan umidda.

 Eh, riştonliklar... Çinorlarga ham e'lon ilib çiqiş kerak edi.

KUN.UZ yaqin vaqtlar içida Riştondagi holatlar böyiça batafsil material e'lon qiladi.

Elmurod Ermatov,
KUN.UZ muxbiri