Özbekiston Boş prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova lavozimini tark etdi. 

Hozirça uning lavozimini tark etiş sabablari aniq emas.

Qayd etiş joizki, Surayyo Rahmonova Otabek Murodov boş prokurorligi davrida Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari sifatida prokuratura organlarining şaffof va oçiqligiga, ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan muloqotiga sezilarli hissa qöşgandi. Rahmonova matbuot xizmati rahbari sifatida prokuratura faoliyati bilan boğliq har bir voqeaga tezkorlik bilan munosabat bildira olişi bilan boşqa ayrim davlat idoralari matbuot xizmatlari vakillaridan ajralib turdi.

Eslatib ötamiz, Otabek Murodov iyun oyi oxirlarida boş prokuror lavozimidan ozod qilingan. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Senatning 20-yalpi majlisidagi çiqişida Otabek Murodovga nisbatan jinoiy iş oçilganini ma'lum qilgandi.