Bugun, 5 iyul kuni Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi kengaşi yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda «Yuksaliş» umummilliy harakati xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, yiğilişda bir qator taşkiliy masalalar körib çiqilgan. Jumladan, Assotsiatsiya kengaşining amaldagi raisi Ilhom Ismoiloviç Nasriyevning lavozimidan ozod etiş töğrisidagi arizasi qanoatlantirildi.

Ilhom Ismoiloviç Nasriyev

Xabarda aytilişiça, uning örniga rais vazifasini bajaruvçi etib Assotsiatsiya kengaşi raisi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Nasim Hoşimoviç Alimovning nomzodi ma'qullandi.

Nasim Hoşimoviç Alimov

ÖzNNTMA mamlakatdagi yirik jamoat taşkilotlardan biridir. U 2005 yilda 150 ta respublika va viloyatlar miqyosida faoliyat yurituvçi yetakçi fuqarolik institutlari taşabbusi bilan taşkil topgan. Assotsiatsiya jamoat taşkilotlarning intellektual, moddiy-texnikaviy resurslarini davlat va jamiyat qurilişning ustuvor masalalarini amalga oşiriş, erkin va oçiq, kuçli fuqarolik jamiyatini quriş, jamiyat hayotini yanada erkinlaştiriş va demokratlaştiriş maqsadida birlaştiradi.