Jahon | 09:23 / 05.07.2019
14233
2 daqiqa o‘qiladi

XX asrning “eng buyuk soatsozi” soati rekord narxga sotildi

Foto: SOTHEBY'S

Mashhur ixtirochi va soatsoz Jorj Deniyels tomonidan yaratilgan cho‘ntak soati Londondagi Sotheby's auksionida rekord qiymatdagi narx – 3,6 mln funt sterlingga (4,5 mln dollar) sotildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi

Soat savdolar boshlangandan 7 daqiqa o‘tib yangi egasini topgan. Xaridor ismi ma'lum qilinmagan. “O‘z zamonasining eng buyuk soatsozi” deb ataladigan Deniyels ushbu soatni 1982 yilda insoniyatning 1969 yilda Oyga ilk qadam qo‘yishi sharafiga yaratgan. 

1970-yillarda soatsoz hozirda Omega kompaniyasi tomondangina qo‘llanadigan yangi turdagi koaksial mexanizmni yaratgan. Moylashga ehtiyoj sezmaydigan bu mexanizm ankerli mexanizmga nisbatan samarali va uzoq ishlovchi hisoblanadi. Soatsoz ko‘plab soatlar yaratgandan tashqari, soatsozlik bo‘yicha bir nechta kitoblar nashr etgan.

Deniyels o‘z soatlari uchun barcha qismlarni “noldan boshlab” yaratgan va soatsozlik sanoatining ilg‘orlashiga hissa qo‘shgan. 

Avvalgi rekord ham Deniyelsning Space Traveler seriyasidagi soatiga tegishli bo‘lib, u 2017 yilda 3,2 mln funt sterlingga (4 mln dollar) sotilgan edi.

Mavzuga oid