Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlaşga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini muhokama qildilar.
Majlisda kasaba uyuşmalarini taşkil etiş va ularning faoliyati, fuqarolarning kasaba uyuşmalariga birlaşiş huquqlarini röyobga çiqariş sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soliş maqsadida işlab çiqilgan «Kasaba uyuşmalari töğrisida»gi qonun loyihasining muhokamasi qizğin keçdi.
Bir guruh deputat tomonidan işlab çiqilgan uşbu hujjat orqali davlat organlari, iş beruvçilar bilan kasaba uyuşmalari örtasidagi özaro munosabatlar tartibga solinmoqda. Jumladan, kasaba uyuşmalariga ijtimoiy-iqtisodiy masalalardagi qarorlar qabul qilinayotganda iştirok etiş, bandlikka kömaklaşiş, mehnatni muhofaza qiliş va xodimlar huquqlarini himoya qiliş, yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etişni sörab taqdimnomalar kiritiş, xodimlarni ommaviy işdan böşatiş haqidagi qarorlarning muddatini muayyan muddatga töxtatib turiş va boşqa şu kabi huquqlar berilmoqda.
Deputatlarning fikriça, mazkur qonun loyihasining qabul qilinişi işçilarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini kuçaytirişga, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilişda kasaba uyuşmalariga qulay şaroitlar va kafolatlarning yaratilişiga, davlat organlari, iş beruvçilar hamda kasaba uyuşmalarining özaro hamkorlik mexanizmlarini takomillaştirişga xizmat qiladi.

















