Kattaqörğon şahrida hokimlik, viloyat IIB va prokuratura xodimlari, muassasalar, jamoat taşkilotlari, mahalla faollari, keng jamoatçilik iştirokida yiğiliş bölib ötdi.

Yiğilişda joriy yil 4 iyul kuni Kattaqörğon şahrida sodir etilgan mudhiş jinoyat, uning oqibatlari, jinoyatni kelib çiqişiga sabab bölgan holatlar muhokama qilindi. Bu haqida «Kattaqörğon tongi» gazetasi t.me/KattakurgonT telegram kanalida xabar berdi.
Sodir etilgan jinoyat tafsilotlariga köra, 2019 yil 4 iyul kuni soat 10:00 larda Kattaqörğon tuman «Zarqörğon» mahallasi Kökan qişloğidan oqib ötuvçi «Çiqiş» kanalining çap qirğoğidan Ravşan Faxriddinov hamda uning ukasi Rişat Faxriddinovning jasadlari qotillik alomatlari bilan topilgan. Jinoyatni foş etiş maqsadida olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida uşbu jinoyat Kattaqörğon şahar «Döstlik» mahallasida yaşovçi fuqaro tomonidan sodir etilgani aniqlangan. Uşbu fuqaro 3 iyul kuni soat 12:00lar atrofida yaşaş uyidagi çiqindilarni tökiş uçun çiqqanda unga notaniş bölgan ikki şaxs, ya'ni, marhum Ravşan va Rişat Faxriddinovni spirtli içimlik iste'mol qiliş uçun uyiga taklif qiladi. Şu orada ular orasida janjal çiqişi oqibatida uy egasi aka-uka Faxriddinovlarga oşxona piçoği bilan oğir tan jarohati yetkazadi. Natijada ular vafot etadi.

Yiğilişda sözga çiqqanlar uşbu jinoyat sodir etilişiga asosan mas'ul xodimlarning befarqligi sabab bölganiga urğu berdi.

Atrof-muhitga loqayd va beparvo munosabat tufayli qotillik qurboni bölmiş ikki nafar şaxs voqea joyida ança vaqtgaça qolib ketgani (12 soat davomida), bundan na qöni-qöşni, na mahalla faollari xabar topgani, jasadlar Çiqiş kanaligaça olib borilişida biror kişi bunga guvoh bölmagani kişini taajjubga soladi. Mahallalarda içkilikka, giyohvandlikka ruju qöygan, jinoyatçilikka moyilligi bölgan şaxslar bilan yetarliça profilaktik tadbirlar olib borilmayotgani oqibatida ana şunday mudhiş jinoyatlar sodir etilayotgani ta'kidlandi.

«Uşbu jinoyat barçamizni sergak torttirişi kerak. Jinoyatni sodir etgan şaxs içkilikka ruju qöygan. Mana şunday içkilik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarning qurbonlari orasida ertaga har birimizning yaqinimiz bölişi mumkin. Bu illatga qarşi kuraşiş faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning vazifasi degan tuşunçadan yiroq bölişimiz va bunga har birimiz, barça jamoat taşkilotlari, mahalla, Xotin-qizlar qömitasi, Yoşlar ittifoqi, soğliqni saqlaş tizimi, keng jamoatçilik birgalikda faoliyat olib borişi kerak. Şundagina bu borada olib borilayotgan işlar natija berişi mumkin», - dedi öz sözida viloyat prokurori örinbosari S.Işquvvatov.

















