Ijtimoiy tarmoqlar va turli internet naşrlarida Qoraqalpoğiston Respublikasi Muynoq tumanining Sudoçe köli hududidagi qurigan qamişzorlarda yonğin kelib çiqqaniga doir xabarlar paydo böldi. Kun.uz Qoraqalpoğiston Respublikasi mutasaddi idorasiga uşbu masalada murojaat qildi. Respublika Yonğin xavfsizligi boşqarmasi tarğibot guruhi katta muhandisi, leytenant Aybek Abdurahmonovning  Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Sudoçe köli örtasidagi orollarda yonğin çiqqan. 

Abdurahmonov yonğin sababiga töxtalar ekan, öt balosi noqulay ob-havo sababli röy bergan çaqmoq çaqişi natijasida paydo bölgan. Uşbu taxmin esa, mazkur hududdagi «Akva Sanoat» davlat unitar korxonasi qorovulining körsatmalariga asoslangan. 

Yonğin xavfsizligi boşqarmasi tarğibot guruhi katta muhandisining aytişiça, yonğin Möynoq şahridan 90-100 km uzoqlikda, Qönğirot tumaniga yaqinroq hududda sodir bölgan. Şu bilan birga, ofatdan 50 km radiusda aholi punktlari mavjud emasligi bois, heç kim talafot körmagan, fuqarolar mol-mulkiga ziyon yetmagan. 

Şu bilan birga, yonğin haqida 101 qisqa raqamiga murojaat kelib tuşmagan. 

Abdurahmonovga köra, tabiatga yetkazilgan talafotni Möynoq hokimligi va Atrof-muhit va ekologiya qömitasi tuman bölimi va boşqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat işçi guruh aniqlaydi.