Joriy yilning 3 iyul kuni Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida yaşovçilar 29 yoşli S.X. ismli ayol 17 yoşli qiz jiyanlari N.A., N.Ş., 15 yoşli S.Ş. va tanişi 24 yoşli I.O. bilan birga Xayrobod mahallasida yaşovçi qarindoşining uyiga borayotgan vaqtlarida 23 yoşli M.I., 19 yoşli O.T. hamda 22 yoşli I.M.lar ularning yöllarini tösib, heç bir sababsiz haqoratlab, yaşaş manziliga yetib kelguniga qadar ularni ta'qib qilganlar.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, M.I. ularni uyiga kirişiga qöymay, haqoratlab, urib, tan jarohati yetkazgan vaqtida N.A. oşxonadan piçoq olib çiqib, M.I.ga qaratib, tartibsiz piçoqni harakatlantirganligi oqibatida uning çap qöl va kökrak qafasiga yengil tan jarohati yetkazgan va uyiga kirib, darvozani qulflab olgan.
Şundan söng, 3 nafar bezori uşbu uyning hovlisiga devor oşib kirib, hovlida ular bilan janjallaşayotgan vaqtlarida N.A. ularni qörqitiş va özini hamda qarindoşlarini himoya qiliş maqsadida qölidagi piçoq bilan zaruriy mudofaa çegarasidan çetga çiqib ketganligini sezmay, M.I.ga jarohat yetkazgan.
Natijada M.I. kasalxonaga yotqizilgan va körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. N.A. uşlangan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















