Britaniyaning The Economist naşri Özbekistondagi iqtisodiy islohotlar haqida maqola çop etdi. Unda xorijiy investorlarning oqimi ösib borayotgani, mamlakatdagi izçil özgarişlar hamda mamlakatning rivojlaniş yöli haqida söz boradi. 

Xususan, nufuzli jurnalda ta'kidlanişiça, sönggi paytlarda Özbekistonda kapital va valuta ustidan nazoratning aksariyat qismi bekor qilingan, majburiy mehnat keskin çeklangan va çegaralar oçilgan.

Ötgan yil mobaynida röyxatga olingan tadbirkorlar soni ikki barobarga ösdi, xorijiy investitsiyalar oqimi esa umuman olganda, tört barobarga oşdi.

The Economist Özbekiston Moliya vazirligi rahbariyatiga tayanib yozişiça, hali köplab işlar amalga oşirilişi kerak. Masalan, yangi iş joylari yaratiş lozim, çunki aholining yarmidan ortiqroği 30 yoşdan kiçik.

Maqolada qayd etilişiça, Özbekiston paxta xomaşyosi eksportini keskin çeklab, bugungi kunda öz töqimaçilik sanoatini rivojlantirişga e'tibor qaratgan. Sönggi ön yilda töqimaçilik eksporti 100 milliondan 1,9 milliard dollargaça ösdi. Mamlakat rahbariyati 2025 yilga borib 7 milliard dollarlik körsatkiçga erişmoqçi.

Britaniya jurnali Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining faoliyatiga alohida töxtalib, har bir elçixona mamlakat viloyatlarining investitsion salohiyatini ilgari surayotganini ta'kidlagan.

Umuman olganda, naşrda Özbekistonning zamonaviy taraqqiyotidagi ijobiy özgarişlar e'tirof etilgan, şu bilan birga, islohotlarni davom ettiriş va davlatning har bir fuqarosining farovonligiga erişişga alohida e'tibor qaratiş zarurligi ta'kidlangan.