Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp reytingi uning prezidentligi vaqtidagi maksimum darajaga yetdi
AQSh prezidenti Donald Tramp reytingi ko‘rsatkichlari uning prezidentligi vaqtidagi eng yuqori darajaga yetdi. Bu haqda ABC News telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, 44 foiz amerikaliklar Trampning ishini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa uning prezidentligi boshidagi reytingiga nisbatan 2 foiz ko‘proqdir.
Shu bilan birga, Tramp umuman olganda shaxsiy va professional jihatlari sababli nomashhur bo‘lib qolmoqda, bu esa 2020 yilgi prezident saylovlarida uning zaif vaziyatdaligidan darak beradi.
Ma'lum qilinishicha, 53 foiz so‘ralganlar Trampning faoliyatidan qoniqish bildirishmagan.
Bundan tashqari, so‘rovnomaga ko‘ra, 51 foiz respondent AQSh prezidentining iqtisodiyot sohasidagi faoliyatini ma'qullaydi. Boshqa sohalar borasida Trampning ma'qullanishi pastroq darajada.
So‘ralganlarning 39 foizi Trampga umuman impichment e'lon qilish kerakligini aytishgan.
Mavzuga oid
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
20:55 / 25.06.2026
O‘zbekiston bola huquqlari xalqaro reytingida 96-o‘rinni egalladi
08:30 / 24.06.2026