2019 yil 1 iyul kunidan Rossiya Federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS» Olmaliq filialida 2019/2020 öquv yili uçun hisob böyiça ikkinçi Qabul komissiyasi iş boşladi. Hujjatlarni qabul qiliş filialning öz manzilida amalga oşirilmoqda: Toşkent viloyati, Olmaliq şahri, Amir Temur köçasi, 55. Hujjatlar joriy yilning 31 iyuligaça qabul qilinadi.
«MISiS» Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filialiga 2019/2020 öquv yili uçun kvota 250 nafar talaba, 40 foiz talaba Özbekiston Respublikasining davlat buyurtmasi (budjeti) hisobidan tahsil oladi.
Hujjatlarni qabul qiliş quyidagi ta'lim yönalişlari böyiça amalga oşirilmoqda: «Metallurgiya (Metallar texnologiyasi)» - 100 nafar talaba, «Texnologik jarayonlar va işlab çiqarişlarni avtomatlaştiriş va boşqariş» - 50 nafar talaba, «Toğ-kon işi» mutaxassisligi böyiça - 100 kişi.
Abituriyentlar uçun bir neçta oliy öquv yurtlariga hujjatlar topşirişda şart-şaroit yaratiş maqsadida, Filialda abituriyentdan hujjatlar nusxalari notarial tasdiqlangan rus tilidagi tarjimasi bilan qabul qilinyapti.
Kiriş imtihonlari: 03.08.2019 - matematika böyiça, 05.08.2019 - fizika böyiça, 07.08.2019 - rus tili böyiça. Yetarli ball töplagan talabalar «MISiS»ga qabul qilinadi va OTMning Olmaliq filialida ta'lim oladi. «MISiS» diplomlari xalqaro miqyosda tan olingan.
«MISiS» Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filiali Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taşabbusi bilan 2018 yil oktabr oyida taşkil etilgan.
Bugungi kunga kelib, filialda turli sohalar böyiça 150 nafar talaba tahsil olmoqda. Ta'kidlaş joizki, «MISiS» Olmaliq filiali taniqli tadbirkorlar Alişer Usmonov va Qobul Şodiyevning homiyligida taşkil etilgan, butun MDH hududidagi eng innovatsion va texnologik jihatdan rivojlangan öquv-laboratoriya bazasi bilan jihozlangan. Bundan taşqari, Rossiya va boşqa xorijiy davlatlardan bölgan professor-öqituvçilar tarkibining ilmiy salohiyati respublikadagi eng yuqori körsatkiç bölib qolmoqda - 77%.
Uşbu masala böyiça batafsil ma'lumotni http://www.misis.uz/ru/applicants manzilida topiş mumkin.

















