Özbekiston Respublikasi turizmni rivojlantiriş qömitasi Qoraqalpoğiston Respublikasi, 12 viloyat va Toşkent şahri uçun turizm logotiplarini tanlaş uçun taşkilot rasmiy saytida ovozga qöydi. Ğolib logotip mualliflari 25 mln sömdan pul mukofoti oladi.
«Öz hududingiz logotipini tanlaşda iştirok etişni xohlaysizmi? Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Özbekiston hududlari logotiplari tanloviga yöllangan loyihalar orasidan eng saralari tanlab olinganini ma'lum qiladi. Ğoliblarni esa siz uzbektourism.uz’da özingizga ma'qul kelgan logotip namunasiga onlayn ovoz beriş yöli orqali aniqlaysiz.
Prezidentning 2019 yil 5 yanvardagi «Özbekiston Respublikasida turizm tarmoğini jadal rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5611-sonli farmoni bilan tasdiqlangan «2019-2025 yillarda Özbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantiriş Konsepsiyasi»ni amalga oşiriş böyiça «2019 yilgi çora-tadbirlar rejasi»ga muvofiq, Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi Özbekiston Respublikasi hududlarining turistik brendlarini işlab çiqişga doir tanlov e'lon qilgan edi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari tomonidan tegişli hududlar logotiplarining asosiy elementlari böyiça mezonlar taqdim etildi. Uşbu mezonlar asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri, Andijon, Xorazm, Farğona, Sirdaryo, Qaşqadaryo, Buxoro, Toşkent, Samarqand, Navoiy, Namangan, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarining turistik brendlarini yaratiş böyiça tanlov e'lon qilindi.
Hududlarning turistik logotiplari tanlovida ijodkorlar, dizaynerlar, blogerlar, olimlar, tarixçilar, talabalar va fuqaroligidan qat'i nazar turizmga qiziqişi bölgan boşqa kişilar iştirok etişdi.
Bugunga kelib turizm sohasining nufuzli vakillaridan iborat Komissiya a'zolari tanlovga yöllangan 700ga yaqin logotipdan 84tasini (ya'ni har bir hudud böyiça 6tadan) saralab olişdi.
Diqqat! Quyida joylangan sörovnoma böyiça özingizga yoqqan logotipga ovoz berişingiz mumkin. Agar sizga taqdim etilgan logotiplardan birortasi ma'qul kelmasa va siz ularni muayyan hudud logotipi bölişga noloyiq deb topsangiz, u holda «yettinçi variant»ga ovoz beriş imkoniga egasiz. Yettinçi variantga ovoz berganlar jami 20 foizni taşkil qilgan taqdirda, yakunga köra takroriy tanlov ötkaziladi. Tanlovning eng yaxşi logotip loyihasi uçun har bir hudud böyiça ğolib 25 million söm miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlanadi», deyiladi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati

















