Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev jurnalistlarga içki işlar vazirligi boş tergov boşqarmasiga söroqqa bormasligini ma'lum qildi.

Avvalroq Qirğizistonning sobiq prezidenti 9 iyulga guvoh sifatida içki işlar vazirligiga çaqirtirilgani ma'lum qilingandi. Uning Koy-Toşdagi uyiga söroqqa keliş haqidagi çaqiriq qoğozi yetkazilgan. Hozirça Atamboyev qaysi iş böyiça söroqqa çaqirtirilgani noma'lum.

Atamboyev çaqiriq qoğozini körmaganini va barça hujjatlarni özining huquqiy masalalar böyiça vakili Sergey Slesarevga berişini aytgan.

“Hokimiyat huquqiy maydon taşqarisiga çiqib, ayblovlar bildiriş bilan öyin uyuştirgan bir vaqtda nima uçun söroqqa borişim kerak? Men ularning qoğozlarini qölimga olmayman. Ular bu qoğozlarni Slesarevga jönatişlari mumkin. Ular uyuştirgan sirkda öynaş niyatim yöq”, deb aytgan sobiq prezident.

Ma'lumki, Qirğiziston içki işlar vazirligi jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilişi işi böyiça tergov olib bormoqda. Bu Atamboyev aloqador bölişi mumkin bölgan 5 ta jinoiy epizoddan biri hisoblanadi.

Qirğiziston Jogorku Keneşi 27 iyunda Atamboyevni sobiq prezident maqomidan mahrum etiş haqidagi qarorni qabul qildi. Şu tariqa, sobiq prezident daxlsizlikdan va bir qator imtiyozlardan mahrum bölgan.