Toşkent viloyatida Angren Pask XK AJ bazasida qoğoz mahsulotlari işlab çiqarişni qayta tiklaş va modernizatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Angren Pask XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalarining 25 foizi “Nikol Pak UK”ga (Rossiya) quyidagi investitsiya majburiyatlari bilan “nol” qiymatda sotiladi:

1-bosqiçda – kamida 25 mln dollar investitsiya kiritiş hamda 2019-2020 yillarda Angren Pask XK AJ bazasida qoğoz mahsulotlarini işlab çiqarişni qayta tiklaş va modernizatsiya qiliş;

2-bosqiçda – kamida 25 mln dollar investitsiya kiritib 2020-2021 yillarda yiliga 6,0 mln kvadrat metr bitum, tom yopiş va gidroizolyatsiya materiallari işlab çiqarişni taşkil etiş;

3-bosqiçda – kamida 25 mln dollar investitsiyalar kiritib 2020-2021 yillarda yiliga 300 ming kub metr ekstruzion penopolistirol işlab çiqarişni taşkil etiş.