Jahon bankining katta iqtisodçisi Eskander Truşinning tadqiqotlari natijasi bugungi Özbekiston uçun juda muhim. Biz navbatdagi marta ayro yöl ustida qoldik. Xöş, biz qaysi yöldan yurişimiz kerak: imtiyozlar taqdim etiş, import uçun tösiqlar örnatiş, iqtisodiyotga ommaviy ravişda davlat va yarim davlat investitsiyalarni joriy etiş vositasida raqobatni çeklaş hamda «milliy işlab çiqaruvçilarni himoyalaş» yöli bilanmi yoki xususiy tadbirkorlik yuritiş xarajatlarini qisqartirişga yönaltirilgan raqobat oldidagi har qanday ma'murçilik, har qanday tösiqlarni bartaraf etuvçi ijobiy biznes-iqlim yaratiş yölimi?

Birinçi yöldan köp yillar va ön yilliklar davomida biror muvaffaqiyat nişonasisiz yurib kelgandekmiz. Bir qaraşda, bu yöl heç qayerga olib bormasligi kundek ravşan. Lekin unday emas, deb fikrlovçilar ham topilmoqda. Garçi biroz boşqaça körinişda bölsa ham, eski siyosat davom etmoqda.

Bunga ikkita sabab bor.

Birinçidan, eski tizimda özini suvdagi baliqdek his qilgan, turli foydali daromadlar çiqarib oliş imkoniga ega bölgan insonlar va ijtimoiy guruhlar «yangi relslar»ga ötişga qarşi. Ular, tabiiyki, bozor islohotlariga tiş-tirnoği bilan qarşilik körsatişadi.

Ikkinçidan, 10 yil, 20 yil avval iqtisodiyotni boşqargan ayrim insonlar uni hamon boşqarişda davom etişmoqda. Ular şunçaki boşqaçasiga boşqarişni bilişmaydi. Eski uslubdagi davlat boşqaruvçilari iqtisodiyotga ta'sir ötkazişning faqat ikki yölini bilişadi: taqiqlaş va imtiyozlar taqdim etiş.

Şuning uçun yana bir karra yeçimi göyoki avvalroq topilgan masalaga qaytişga töğri kelmoqda. Janob Truşinning maqolasi va bojxona tölovlarini oşiriş borasidagi sönggi voqealar meni uning taqdimotida aytib ötganim ayrim mulohazalarga undadi. Uşbu maqola — öşa mulohazalarning qisqaça bayoni.

Sanoat siyosati qanday usullar bilan ötkazildi?

Men janob Truşinning bir fikriga qöşilmayman — 1996 yildan 2016 yilgaça Özbekistonda iqtisodiy ösiş yiliga 5 foiz atrofida (islohotlargaça bölgan sönggi yillarda hattoki 8-9 foiz) bölganiga. Bunday ma'lumotlarni özimizning statistikamiz taqdim etgan va bularning real holat bilan öxşaşligi yöq, iqtisodiy ösiş statistikasi şunçaki osmondan olib «çizilgan», buni amaldagi prezident ham bir neça marta gapirib ötdi. Ösiş darajasi qanday bölgani-yu, özi ösiş bölgan-bölmaganini heç kim bilmaydi. Kimdir hukumat «qöş buxgalteriya» yuritgani, birini biz uçun (soxtasi), boşqasini özi uçun (soxtalaştirilmagan statistika) yuritgan, deb öylasa adaşadi. Taassufki, işlarning real ahvoli rahbariyatimizni mutlaqo taşvişlantirmagan va maxfiy «töğri» statistikani heç kim yuritmagan.