2018 yil dunyodagi barça dollardagi millionerlarning umumiy boyligi 3 foizga kamayib, 68,1 trln dollarni taşkil qildi. Bu haqda Capgemini SA şarhida ma'lum qilingan.
Har yili çop etiluvçi World Wealth Report hisobotiga köra, 2018 yilda öziga töq odamlar (high-net-worth individual, HNWI) soni ham 0,3 foizga kamayib, 18 mln kişini taşkil qilgan.
Körsatkiçlar 7 yil içida ilk bor pasaygan. Bu asosan fond bozorlarining qulaşi va muhim mintaqalarda iqtisodiy ösiş sur'atlaari sekinlaşgani bilan boğlangan.
Boy odamlar sonining kamayişi Osiyo-Tinç okeani mintaqasi (-1,7 foiz) va Yevropada (-0,7 foiz) ayniqsa sezilarli bölgan. Şimoliy Amerikada vaziyat deyarli özgarmagan (+0,4 foiz), Yaqin Şarq va Lotin Amerikasida millionerlar soni mos ravişda 5,8 va 1,9 foizga köpaygan.
Natijada sarmoya qilgan aktivlari kamida 1 mln dollarni taşkil qiluvçi odamlar soni Şimoliy Amerikada 5,7 mln, Yevropada 4,8 mln, Osiyo-Tinç okeani mintaqasida 6,1 mln, Yaqin Şarqda 0,7 mln, Lotin Amerikasida 0,6 mln va Afrikada 0,2 mln nafarni taşkil qilgan.
AQŞ, Yaponiya, Germaniya va Xitoyda 2018 yil oxiriga köra barça millionerlarning 61,2 foizi yaşagan.
World Wealth Report öz dokladini tuzişda hissasiga jahon yalpi içki mahsulotining 98 foizi va global fond bozorlari kapittalaşuvining 99 foizi töğri keluvçi 71 ta davlatdan olingan ma'lumotlarni qöllaydi.

















