Özbekiston Respublikasi prezidenti “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlaş, neft-gaz tarmoğini moliyaviy soğlomlaştiriş va uning boşqaruv tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatda qayd etilişiça, geologiya qidiruv işlari, investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va narxlarni şakllantiriş işlarining samarasizligi respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslari bilan töliq ta'minlanmasligiga, neft-gaz tarmoği korxonalari moliyaviy holatining yomonlaşuviga olib keldi.

Jumladan, sönggi 20 yilda tabiiy gaz qazib oliş hajmi 8 foizga oşgani holda mamlakat korxonalari tomonidan uni qazib oliş hajmi 29 foizga pasaydi, 2008-2018 yilda tasdiqlangan tabiiy gaz zaxiralari 4 foizga qisqardi, ötgan 5 yil davomida tabiiy gazning tabiiy zaxiralari örnini töldiriş böyiça örtaça körsatkiç 70 foizga yaqin hajmni taşkil etdi.

2017-2018 yillarda moliyaviy mablağlarning yetişmasligi va moddiy-texnik resurslarning taqçilligi natijasida tabiiy gaz qazib olişning ösişi prognoz körsatkiçlariga nisbatan 42 foizni taşkil etgan xolos.

Tartibga soliş funksiyalari va tijorat faoliyatini özida birlaştirgan boşqaruvning eskirgan va şaffof bölmagan tizimi neft-gaz tarmoği korxonalarida zamonaviy menejmentni joriy etişga, ularning moliyaviy barqarorligi va rentabelligini oşirişga tösqinlik qilmoqda.

Respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga bölgan ehtiyojini töliq qondiriş, neft-gaz tarmoği korxonalarini moliyaviy soğlomlaştirişni ta'minlaş, qabul qilingan xalqaro amaliyot asosida soğlom raqobatni rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş, zamonaviy raqamli texnologiyalarni va ilğor boşqaruv usullarini joriy etiş maqsadida:

Xalqaro konsalting kompaniyalari va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda Özbekiston Respublikasining neft-gaz tarmoğini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi işlab çiqilgan.

Özbekiston Respublikasining neft-gaz tarmoğini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini amalga oşiriş böyiça respublika işçi komissiyasi tuzildi.

Respublika işçi komissiyasi (A.N.Aripov) bir oy muddatda:

a) amalga oşirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda Özbekiston Respublikasining neft-gaz tarmoğini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini amalga oşiriş böyiça “yöl xaritalari”ni tasdiqlaydi va bunda quyidagilarga alohida e'tibor qaratadi: