Qirğiziston içki işlar vazirligining boş tergov boşqarmasi sobiq prezident Almazbek Atamboyevni takroran söroqqa çaqirtirdi. Ma'lum qilinişiça, Atamboyev 11 iyulda söroqqa kelişi kerak. 

Atamboyevga söroqqa keliş haqidagi birinçi çaqiruv qoğozi 9 iyulda kelgan. Biroq sobiq prezident söroqqa borişdan boş tortib, çaqiruv qoğozini hatto qöliga olmasligini aytgan. Ta'kidlanişiça, Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozodlikka çiqarilişi işi böyiça körsatma berişi kerak.

Qirğizistonda Atamboyevga bir neçta ayblovlar qöyilmoqda. Agar sud sobiq prezidentni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosi olişi mumkin.

9 iyulda Atamboyev Qirğizistonning sobiq prezidenti maqomidan mahrum etildi. Avvalroq esa u daxlsizlikdan mahrum etilgandi.