2019 yil boşidan 19 fevralgaça (bir yarim oy davomida) Özbekistondan Qozoğistonga 700 tonnadan ziyod anor eksport qilingan hamda 1 mln AQŞ dollari miqdorida daromad olingan. Aslida eksport hajmi va undan keladigan daromad bundan ham köproq bölişi mumkin edi. Ammo mahsulotdan «komstok qurti» çiqqani bois anorning bir qismi eksportdan qaytgan. Bu haqida Hurriyat naşri xabar bermoqda.

Qurt çiqqanidan keyin qöşni davlat Özbekistondan anor olib kirişga taqiq körinişidagi vaqtinçalik karantin fitosanitar çeklovlari qöyilgan. Keyinçalik bu taqiq olib taşlandi, lekin haşarot hujumiga uçragan anor iste'molga yaroqsizligi bois eksportdan qaytgani ma'lum qilindi.
Haşarotlar hujumining eksportga ta'siri ilgari ham qayd etilgan: 2016 yilda eksportga möljallangan qovun tarkibida qovun paşşasi aniqlangani bois Koreya Respublikasi ham ayni çorani qöllagan.

BMT ma'lumotlariga köra, dunyoda har yili qişloq xöjaligida yetiştirilgan mahsulotlarning 50 foizi zararli organizmlar ta'sirida nobud böladi.

«Komstok qurti tut, şaftoli, anor, makkajöxori, kartoşka, sabzi, lavlagi, karam, pomidor, qovoq, qovun, tarvuz kabi 300ga yaqin ösimlikning duşmani hisoblanadi. Qovun paşşasi esa poliz ekinlari vegetatsiyasi davrida qovunning 90-100 foiz, tarvuzning 20-25 foiz, qovoqning 5-10 foizini isrof qiladi» , ─ deyiladi maqolada.

Bayon qilinişiça, «Özdavkarantin»  taşabbusi bilan ösimliklarni turli zararli organizmlardan himoya qilişda muayyan haşarot va zararkunandaga qarşi kuraşning dolzarb 15 kunligini e'lon qiliş amaliyoti yölga qöyilgan. Respublikaning barça tuman va şaharlarida 200dan ziyod «Ösimliklar klinikasi»  taşkil etilgan. 

«Ammo har bir fermer va dehqon fitosanitar madaniyatga yakka tartibda rioya qilişi, «Ösimliklar klinikasi»  bilan hamkorlikda iş olib borişi lozim. Aks holda, zararkunandalar köpayib, epidemiya tarqalişi mumkin, bu esa hosilga va eksport hajmiga ta'sir qilmay qöymaydi» , ─ deyiladi maqolada.