Qozoğiston Qişloq xöjaligi vazirligining Agrosanoat kompleksi Oqtöbe viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan Özbekistondan keltirilgan şaftoli partiyasida karantin zararkunandasi – şarq mevaxöri (Grapholita molesta Busck) borligi aniqlandi.

Qayd qilinişiça, Markaziy bojxona rasmiylaştiruvi punktidagi karantin fitosanitar nazorati çoğida 2,58 tonna şaftolining yangi partiyasi tekşirilgan. Partiya Toşkent viloyati, Yangiyöl tumanidan avtomaşinada keltirilgan. Meva namunalari tanlab olinib, Oqtöbe viloyat karantin laboratoriyasiga yuborilgan. Tahlil şarq mevaxöri mavjudligini tasdiqlagan.

Karantin obekti tarqalişining oldini oliş maqsadida zararlangan mahsulotlarni izolyatsiyalaş va yöq qiliş işlari öz vaqtida amalga oşirilgani ta’kidlanmoqda.