Qo‘mita raisi Elmira Bositxonova har bir mahallada xotin-qizlar qo‘mitasining boshlang‘ich tashkilotini tuzilishi to‘g‘risida gapirdi. Mahallada jami 30 nafar “Anzirat buvi”lardan iborat 5 ta guruh o‘z faoliyatini olib boradi. Tarkib quyidagilardan iborat bo‘ladi:
· MFY mutaxassisi (oilaga kirish guruhi). 6 kishi.
· Oilaviy shifokor (salomatlik maktabi guruhi). 6 kishi.
· Mahalladagi o‘qituvchi (ta'lim-tarbiya guruhi). 6 kishi.
· Mahalladagi tadbirkor (bandlikni ta'minlash va tadbirkorlik guruhi). 6 kishi.
· Profilaktika inspektori (jinoyatchilik profilaktikasi guruhi). 6 kishi.
30 nafar ayol aynan o‘zi istiqomat qilayotgan mahalladan tanlab olinadi. Chunki ular o‘zlari yashayotgan hudud aholisi haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘lishadi va ularda mavjud vaziyatga to‘g‘ri baho berish, muammoni ildizini aniqlab, o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.











