Samarqand şahridagi içimlik suv tarmoqlarining aksariyati özining davriy muddatini ötab bölganligi, gidravlik tizimning yetarli darajada işlamasligi içimlik suvlarini mavjud köp qavatli uylarga bir me'yorda yetkazib beriş imkonini bermaydi. Şu bois şaharda kommunikatsiya infratuzilmasini takomillaştiriş, ya'ni içimlik suv ta'minotini yaxşilaş böyiça viloyat «Suvoqova» DUK tomonidan bir qator takliflar berilgan.
Jumladan, mutaxassislarga köra, «Çöpon-ota» va «Dahbed» suv inşootlari hamda «Möliyon» suv nasos stansiyasini rekonstruksiya qiliş zarur. Bundan taşqari, 10 ta 2-bosqiç va 3-bosqiç nasos stansiyalarini rekonstruksiya qiliş, 250 kilometr uzunlikdagi rekonstruksiya qiliş talab etiladigan yuqori bosimli va örta bosimli suv quvurlari almaştiriş va yangilarini quriş kerak.
Samarqand şahrida suv bosimini bir me'yorda uşlaş hamda uzluksiz içimlik suv bilan ta'minlaş maqsadida barça suv inşootlari, nasos stansiyalari hamda taqsimlaş tugunlarini töliq zamonaviy-energotejamkor nasos uskunalari va jihozlarga almaştiriş va avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimini taşkil etiş lozim.
«Abu Dabi taraqqiyot fondi» Samarqand şahrida içimlik suvi ta'minotini yaxşilaş maqsadlari uçun 150 million dollardan ziyod pul ajratadi.
Şuningdek, şaharda içimlik suviga bölgan talabning ortib borişini hisobga olib, elektr energiya sarflamasdan içimlik suv olib keliş maqsadida Toyloq tumani «Ravotxöja» mahallasi hududidan ötuvçi Zarafşon daryosining çap qirğoğida suv inşooti quriş hamda mazkur suv inşootidan Samarqand şahrining «Möliyon» suv taqsimlaş inşootigaça tarmoq tortiş közda tutilgan.
Qöşrabot tumanida içimlik suv ta'minotini yaxşilaş uçun esa Saudiya taraqqiyot fondi 30 million dollar mablağ ajratmoqda.
Samarqand viloyatining olis Qöşrabot tumanida içimlik ta'minotini yaxşilaş borasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 dekabrdagi qarori qabul qilingan edi. Bu qaror tuman ahlini öşa vaqtda xursand qilgandi, albatta. Çunki mazkur loyiha amalga oşsa Qöşrabot tumanining 65 ming nafar aholisi markazlaşgan toza içimlik suvi bilan ta'minlanadi. Ammo öşa yili ham 2016 yil ham tumandagi içimlik suv ta'minotida ijobiy tomonga özgariş bölmagandi.
Mutaxassislar asosiy işlarning boşlanmasligiga loyihalaş işlarining çözilib ketgani va xorijlik investorlar bilan muzokaralarning çözilib ketgani bilan izohlaşardi.
Ayni vaqtda tumanda bu böyiça quriliş-qaziş işlari boşlab yuborilgan. Samarqand viloyat «Suvoqova» davlat unitar korxonasi rahbari Komil Yusupov şu haqda ma'lumot berdi:

















