2019 yil 12 iyul kuni soat 11:49da, Sergeli tumani, 8-sonli quriliş uçastkasida avtokran yongan. Bu haqda Toşkent şahar Yonğin xavfsizligi boşqarmasi xabar bermoqda.

Yonğin öçiriş jangovar bölinmalari çaqirilgan manzilga soat 12:00da yetib borgan va körilgan tezkor çora va harakatlar natijasida yonğin soat 12:34 da öçirilgan. Yonğin joyiga 2 ta yonğin öçiriş texnikasi jalb qilingan.
Yonğin avtokran öqini (strela) yuqori kuçlanişdagi elektr simlarga tegişi oqibatida sodir bölgan, deb taxmin etilmoqda. Yonğindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Elektr jarohati oqibatida avtokran haydovçisi vafot etgan.
Şu munosabat bilan, Toşkent şahar Yonğin xavfsizligi boşqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlari, şuningdek fuqarolardan yonğin xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etişni söragan.












