Jahon | 15:27 / 13.07.2019
10750
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh vakillar palatasi Trampning Eronga qarshi urush boshlash huquqini chekladi

Foto: AFP

AQSh vakillar palatasi mudofaa budjetiga tuzatish kiritdi, bundan maqsad – AQSh prezidentining Eronga qarshi harbiy harakatlar boshlashiga xalaqit berish, deb yozadi The Hill.

Tuzatishni ma'qullab 251 nafar palata a'zosi ovoz bergan, unga qarshi esa 170 ta ovoz berilgan.

Tuzatishga ko‘ra, kongress urush e'lon qilmagunicha yoki qonunchilik darajasida ruxsat bermagunicha AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlarini moliyalashtirish taqiqlanadi.

«Bu Amerika xalqi, demokratlar ham, respublikachilar ham Yaqin Sharqda yangi urushni istamayotganligini prezidentga eslatib qo‘yishdir», — dedi demokrat Ro Xann. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid