Finlyandiya migratsiya xizmati mamlakatdan Özbekistonning 140 fuqarosini çiqarib yuboriş haqida qaror qabul qildi. Finlyandiyaning Yle telekompaniyasi xabar berişiça, bunga özbekistonliklar Yevropada işga joylaşişda qöllagan quriliş texnikumining soxta diplomlari sabab böldi. Ta'kidlanişiça, quriliş texnikumi sobiq ittifoq davridayoq yopilib ketgan bölgan.

Telekompaniyaning ta'kidlaşiça, özbekistonliklarning deportatsiya qilinişi Finlyandiya janubidagi Uusimaa regionida yangi uy-joylar qurilişini qiyinlaştirişi mumkin. Rasmiy statistikaga köra, 2018 yilda Finlyandiyada Özbekistonning 800ga yaqin fuqarosi bölgan, ulardan aksariyati quriliş sohasida işlagan.